AQŞ Davlat departamenti ştatlarni qisqartiriş doirasida Ğarbiy Yevropadagi önga yaqin konsulligini yopişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Reuters agentligi amerikalik amaldorlar orasidagi manbalariga tayanib xabar berdi.
Xususan, AQŞning Hamburg, Dyusseldorf, Leypsig, Bordo, Lion, Strasburg va Florensiyadagi diplomatik missiyalari yopilişi kutilmoqda. Agentlikning yozişiça, uşbu rejalar hali özgarişi ham mumkin.
Davlat departamenti, şuningdek, Turkiya şarqidagi Gaziantep şahrida joylaşgan konsulligini yopiş rejasi haqida kongressni xabardor qilgan. Uşbu konsullik orqali Vaşington Suriya şimoliga gumanitar yordamlarini körsatib kelgan.
Tramp ma’muriyati byurokratik xarajatlarni kamaytiriş maqsadida AQŞning butun dunyo böylab diplomatik iştirokini qisqartiryapti. Tanqidçilar bu kabi harakat Amerika yetakçiligiga putur yetkazişi, şuningdek, Xitoy yoki Rossiya kabi AQŞning geosiyosiy raqiblari bundan foydalanişi mumkin deb hisoblamoqda.
Fevral örtalarida AQŞ va Rossiya vakillari örtasida ötkazilgan uçraşuvdan keyin diplomatik missiyalar faoliyatini özaro töliq tiklaşga qaror qilingan edi. Amerikaning Moskvadagi elçixonasi ştati önlab xodimlarga oşiriladi.
Davlat deparatmentining butun dunyo böylab joylaşgan 270 dan ortiq diplomatik missiyasida faoliyat yuritayotgan xodimlarining umumiy soni qariyb 70 ming kişini taşkil etadi. Ularning qariyb 45 ming nafari — bu mahalliy xodimlar, 13 ming nafari — diplomatik xizmatlar xodimlari bölsa, 11 ming nafari davlat xizmatçilaridir.












