Xorijda yaşovçi yoki çet elga sayohat qilişni rejalaştirayotgan Özbekiston fuqarolari uçun konsullik masalalarini tezkor va masofadan turib hal etiş, barça zarur ma’lumotlarni bevosita texnik qurilma orqali taqdim etişga möljallangan mobil ilova işga tuşirildi.

Ilovada Özbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining yagona ma’lumotlar bazasi şakllantirilgan.

Foydalanuvçilar elçixonalar va konsulliklarning manzillari, aloqa ma’lumotlari va joylaşuvi töğrisidagi dolzarb ma’lumotlarni olişi, şuningdek, turgan mamlakat yoki mintaqa tegişli bölgan konsullik okrugini aniqlaşi mumkin.

Dastlabki bosqiçda ilova orqali Özbekistonga qaytiş uçun sertifikatni rasmiylaştiriş hamda vaqtinçalik yoki doimiy konsullik röyxatidan ötiş kabi xizmatlar körsatiladi. Kelgusida elektron xizmatlar röyxatini kengaytirib boriş rejalaştirilgan.

Platformada anketa va arizalarni avtomatik töldiriş tizimi mavjud. Majburiy maydonlarning qariyb 80 foizi avtomatik tarzda töldirilişi hujjatlarni rasmiylaştiriş vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi va murojaat yuboriş jarayonini osonlaştiradi.

Bundan taşqari, mobil ilovada Özbekiston fuqarolari uçun xorijiy davlatlarning viza talablariga bağişlangan axborot bölimi ham mavjud. Ayni paytda uşbu xizmat sinov rejimida işlamoqda ma’lumotlar bilan töldirib borilmoqda.

Google Play (Android):

https://play.google.com/store/apps/details?id=consular_services_uzb.org&hl=ru

App Store (iOS):

https://apps.apple.com/us/developer/mfa-uz/id1818537775