4-sentabr kuni AQŞning Vaşington ştati Sietl şahrida Özbekiston boş konsulligi rasman oçildi. Marosimda ikki davlatdan rasmiylar, Vaşington ştati vakillari va vatandoşlar qatnaşdi. Kun.uz bilan gaplaşgan Sietldagi boş konsul Ahror Burhonovga köra, bu ştatda 3 mingdan ortiq özbeklar yaşaydi va imkoniyatlar okeandek köp.

Sietl AQŞning şimoli-ğarbiy nuqtasi, Tinç okeani böyi hududidagi ştat – Vaşingtonning eng katta şaharlaridan. IT, muhandislik va işlab çiqariş, xizmat körsatişda yuksak natijalarga erişgan bu hududda katta kompaniyalar ofislari joylaşgan. Ştatda bugun 3 mingdan ortiq özbeklar yaşaydi. Özbekiston esa AQŞda navbatdagi vakolatxona uçun aynan Sietlni tanladi.

4-sentabr kuni boş konsullikning rasmiy oçiliş marosimi ötkazildi. Tadbirda AQŞdagi elçi Furqat Sidiqov, Nyu-Yorkdagi boş konsul, BMTdagi doimiy vakil, AQŞ tomonidan rasmiylar, Vaşington ştati rahbariyati va yurtdoşlarimiz, faollar, biznes doiralari vakillari qatnaşdi.

“AQŞ bilan aloqalarimizning eng yaxşi davridamiz”, deydi elçi sözga çiqarkan. Boş konsul sifatida faoliyatini boşlagan Burhonov esa işonç uçun Amerika tomoniga minnatdorlik bildirdi.

“Biz hammasini noldan boşlamayapmiz, Sietl bilan aloqalar bundan 50 yil avvalga borib taqaladi. Bu yerdagi imkoniyatlarimiz okeandek”, deydi u.

Eslatib ötamiz, Özbekistonning boş konsulligi AQŞning Nyu-York şahrida ham mavjud hamda Jamil Şarapov boş konsul sifatida işlab kelmoqda.