Avstriya muzliklari misli körilmagan darajada tez erimoqda: ekspertlarning prognozlariga köra, 40-50 yildan keyin ulardan asar ham qolmaydi.
Muzliklar suvning tabiiy rezervuari vazifasini bajargani, iqlimni sovitişi hamda köplab hayvon va ösimliklar uçun yaşaş muhitini hosil qilgani bois ekotizimda muhim rol öynaydi.
Avstriya Alp klubi ma’lumotlariga köra, 2024 yilda muzliklar örtaça 24,1 metrga erigan — bu kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori uçinçi körsatkiç. Ayniqsa, Alp toğlaridagi Otztal muzliklari tez erimoqda — ularda eriş körsatkiçi 230 metrni taşkil etgan.
Bunga anomal issiqlik va yoğingarçilikning yetişmayotgani sabab bölmoqda. Olimlarning ta’kidlaşiça, endi muzliklarni saqlab qolişning imkoni yöq.
«Odamlar özini-özi saqlab qoliş hissiyotidan kelib çiqib, iqlim uçun nimadirlar qilgan holda özini himoya qilişi kerak», — deydi Avstriya Alp klubi vitse-prezidenti Nikol Slupetski.
Şu bilan birga, BMT 2025 yilni Muzliklarni himoya qiliş xalqaro yili deb e’lon qilgan, 21 mart esa Xalqaro muzliklar kunidir. Biroq ekspertlarning fikriça, uşbu taşabbuslar vaziyatni endilikda özgartira olmaydi.
Tadqiqotçilarning baholaşiça, muzliklarning yöqolişi köllar soni oşişiga, xavfli toş köçkilari boşlanişiga va ekotizimning buzilişiga olib keladi.
Ma’lumot uçun, fevral oyi boşida Arktika va Antarktidadagi muz qoplamining umumiy maydoni 16,04 million kvadrat kilometrni taşkil etgan — bu 1979 yildan beri qayd etilgan eng past körsatkiçdir.












