8 martga ötar keçasi Rossiya harbiylari Donetsk oblastidagi Dobropole frontoldi şahriga raketa va dronlar bilan zarba berdi, rasmiylarga köra, 11 kişi halok bölib, 40 dan ortiq kişi yaralangan. Rossiya harbiylari hujumlari Donbassdagi boşqa aholi yaşaş punktlarida yana olti kişining hayotiga zomin bölgan. Xarkiv oblastining Bogoduxov şahrida dronlar hujumi oqibatida uç kişi halok böldi. Rossiya harbiylari tinç aholining ölimiga izoh bermayapti.
Ukraina qurolli kuçlari havo kuçlari şanba kuni ertalab Rossiya şanbaga ötar keçasi Ukrainaga 145 ta zarbdor dron va dron-imitatorlar, şuningdek, ikkita «Iskander-M»/KN-23 ballistik raketasi va bitta «Iskander-K» qanotli raketasi bilan hujum qilganini ma’lum qildi.
Tungi hujumdan Donetsk, Xarkiv, Poltava, Sumi va Odessa oblastlari jabrlangan.
Donetsk oblasti: 17 qurbon
Rossiya harbiylari 7 mart, juma kuni keçqurun front yaqinidagi Dobropole şahrini öqqa tutdi. Aholi ziç joylaşgan hudud zarba ostida qolgan.
Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati ma’lumotlariga köra, hujum paytida sakkizta beş qavatli uy, ma’muriy bino va 30 ta avtomobil vayron bölgan yoki şikastlangan. Zarbaga uçragan binolarda yonğin çiqqan.
Hujum oqibatida şaharda 11 kişi halok böldi, 47 kişi yaralandi, ulardan beş nafari bolalar, deb xabar berdi qutqaruvçilar va oblast harbiy ma’muriyati.
Donetsk oblasti prokuraturasi ma’lum qilişiça, dastlabki ma’lumotlarga köra, zarbalar «Iskander-M» va «Tornado-S» raketalari, şuningdek, dronlar orqali yöllangan.
Rossiya harbiylari Dobropole öqqa tutilişi yuzasidan izoh bermadi.
«Bunday zarbalar Rossiyaning maqsadlari özgarmasligini körsatadi. Şuning uçun insonlar hayotini muhofaza qiliş uçun hamma işni qilişda davom etiş, havo hujumidan mudofaamizni mustahkamlaş, Rossiyaga qarşi sanksiyalarni kuçaytiriş juda muhim», — dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Dobropole şahriga zarba yuzasidan munosabatida.
Rasmiylarga köra, vayronalarni tozalaş va yonğinni öçiriş vaqtida şaharga yana zarba berilgan, natijada qutqaruvçi halok bölgan.
Dobropole Rossiya armiyasi egallamoqçi bölgan Pokrovskdan 20 km şimolda joylaşgan. Bir kun avval BBC Ukraina qurolli kuçlari bu yönalişda qarşi hujumga ötgani haqida xabar bergan edi.

Oblast harbiy ma’muriyati rahbari Vadim Filaşkinning ma’lum qilişiça, 8 mart kuni Donetsk oblasti böylab zarbalar paytida yana olti kişi halok bölgan: uç kişi Pokrovskda, bir kişi yana bir front yaqinidagi Konstantinovka şahrida, bir kişi Mirnogradda va yana bir kişi Ivanopole qişloğida.


Xarkiv oblasti: uç kişi halok böldi
Xarkov oblastining Bogoduxov şahrida tinç aholi vakillaridan yana uç nafari halok böldi.
Oblast harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning ma’lum qilişiça, 8 martga ötar keçasi göşt kombinati hududiga Shaheed tipidagi törtta zarbdor dron kelib tuşişi oqibatida yonğin röy bergan.
Vayronalar ostidan uç kişi jasadi (göşt kombinati işçilari) çiqarib olindi, yana yetti kişi yaralangan.
Rossiya harbiylari Bogoduxov öqqa tutilişi yuzasidan izoh bermadi.

Odessa: dron hujumidan keyingi yonğinlar
Juma kuni keçqurun Rossiya harbiylari Odessaga yana dronlar bilan zarba berdi, dedi oblast harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Kiper.
«Şikastlaniş va vayronagarçiliklar bor. Vayronalar qulaşi natijasida sanoat binosi va yonilği quyiş şoxobçasi yonib ketdi», — dedi u.
Odessa oblastiga ketma-ket beşinçi keça zarbalar berilmoqda. Rossiya harbiylari Ukrainadagi harbiy harakatlar yuzasidan kunlik hisobotida bu hudud öqqa tutilişiga töxtalmagan.
8 mart kuni Rossiya Mudofaa vazirligi dronlar va raketalar bilan «harbiy aerodromlar infratuzilmasi, Ukraina harbiy-sanoat kompleksi korxonalari işini ta’minlovçi energetika obekti, işlab çiqariş sexlari, saqlaş omborlari va uçuvçisiz uçiş apparatlarini boşqariş punktlari»ga zarba berilganini ma’lum qildi.
E’lon qilingan suratlarda dronlarning yangi hujumi natijasida Odessada kuçli yonğinlar boşlangani aks etgan. Qutqaruvçilarga köra,qişloq xöjaligi texnikalari joylaşgan angar yonib ketgan, muhim infratuzilma şikastlangan, qurbonlar va jabrlanganlar yöq.
Ukraina ittifoqçilari Rossiya hujumlarini qoraladi.
Önlab tinç aholining ölimiga sabab bölgan «jirkanç» zarbalar, «vahşiy tajovuz bizning Ukrainani qöllab-quvvatlaşga bölgan qat’iyatimizni yanada kuçaytiradi», deb yozdi Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Lemm X ijtimoiy tarmoğida.













