11 mart, seşanba kuni AQŞ Ta’lim vazirligi öz xodimlarining deyarli yarmiga ta’sir qiladigan xodimlarni qisqartiriş jarayoni boşlanganini e’lon qildi. Bu çora AQŞ prezidenti Donald Trampning byurokratiyani qisqartiriş va davlat xarajatlarini qisqartiriş borasidagi ziddiyatli siyosati tufayli qabul qilinmoqda.

«Bugungi xodimlarning qisqarişi Ta’lim vazirligining samaradorlik, mas’uliyat va resurslar eng muhim bölgan joyga: öquvçilar, ota-onalar va öqituvçilarga yönaltirilişini ta’minlaş majburiyatini aks ettiradi», dedi AQŞ ta’lim vaziri Linda Makmexon.

«Qisqartiriş vazirlikning barça bölimlariga ta’sir körsatdi, ba’zilari talabalar, ota-onalar, öqituvçilar va soliq tölovçilarga yaxşi xizmat körsatiş uçun jiddiy qayta taşkil etişni talab qiladi», — deyiladi idora matbuot xizmati xabarida.

Hujjatda ta’kidlanganidek, Tramp AQŞ prezidenti lavozimiga kirişgan vaqtda mamlakat Ta’lim vazirligida 4133 nafar xodim bölgan. Ulardan deyarli 600 nafari sönggi oylarda erta pensiya olişga rozi böldi. Qisqartiriş tartibidan söng vazirlik xodimlari soni 2183 nafarga yetkazilişi kutilmoqda.