Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 11 mart, seşanba kuni Parijdagi yopiq yiğilişga yiğilgan öttizga yaqin davlat boş ştab boşliqlarini Rossiya bilan tinçlik bitimi tuzilgan taqdirda Ukraina uçun «işonçli xavfsizlik kafolatlarini belgilaş rejasi»ni işlab çiqişni boşlaşga çaqirdi, deb yozadi Le Figaro gazetasi Yelisey saroyiga tayanib.

AFP agentligi xabariga köra, Parijdagi yiğilişda 34 davlat vakillari iştirok etgan. Asosan gap Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo davlatlar haqida ketyapti. Bundan taşqari, muzokaralarda Avstraliya, Yangi Zelandiya va Yaponiya vakillari iştirok etdi, deyiladi xabarda. Şu bilan birga, AQŞ uşbu tadbirda qatnaşmadi.

«Yevropa bor oğirligini (tarozida) Ukraina va özi foydasiga taşlaş vaqti keldi», — dedi Makron. «Tinçlik muzokaralarining jadallaşuvini hisobga olgan holda», Ukrainada mustahkam tinçlik örnatişni haqiqatga aylantiriş uçun «işonçli xavfsizlik kafolatlarini belgilaş»ni rejalaştirişni boşlaş zarur, deya davlat rahbarining sözlaridan iqtibos keltiradi Yelisey saroyi.

Fransiya prezidenti matbuot xizmati xabariga köra, uçraşuv iştirokçilari Ukraina xavfsizligi kafolatlarini «NATO va uning imkoniyatlaridan ajratmaslik kerak» degan fikrga kelişgan. Bunday kafolatlar «işonçli va uzoq muddatli bölişi hamda Ukraina armiyasini doimiy qöllab-quvvatlaş bilan birga bölişi kerak», deyiladi bayonotda.

Makron: Parij ittifoqçilarini yadro quroli bilan himoya qiliş imkonini körib çiqadi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainada keng kölamli uruş olib borayotgan Rossiya butun Yevropa uçun tahdidga aylanganini aytdi. 5 mart kuni televideniye orqali xalqqa murojaatida u Rossiya Şimoliy Koreya askarlari va Eron harbiy texnikasidan foydalangan holda Ukrainadagi uruşni «global mojaro»ga aylantirganini ta’kidladi. Bundan taşqari, Makronning sözlariga köra, Rossiya özining harbiy salohiyatini faol oşirmoqda. «Rossiya Ukrainada töxtab qolişiga kim işonadi? Rossiya allaqaçon Fransiya va Yevropa uçun tahdidga aylangan», — dedi Fransiya prezidenti.

Makron Amerika Qöşma Ştatlari «biz tomonda qolişiga» işonişni istaşini, ammo Yevropa buning aksiga tayyor bölişi kerakligini ta’kidladi. Fransiya rahbari Donald Tramp prezidentlik lavozimini egallaganidan keyin Rossiya va AQŞ örtasidagi yaqinlaşuvni «yangi davr» deb atadi.

Fransiya Yevropa ittifoqçilarini yadro quroli bilan himoya qilişni körib çiqadi, dedi Makron. U, şuningdek, Yevropada yadroviy tösiq böyiça «strategik munozara» ötkazişga çaqirib, Germaniya kansleri Fridrix Mersning Berlin, London va Parij örtasida Yevropa qit’asidagi yadroviy xavfsizlik böyiça muzokaralar uçun «tarixiy çaqiruvi»ni eslatib ötdi. Emmanuel Makron Fransiya yadro qurolini qöllaş böyiça har qanday qaror respublika prezidenti ixtiyorida qolişini qöşimça qildi.