Qöşma Ştatlar pölat va alyuminiy importiga qöşimça tariflar joriy qilganidan keyin Yevropa Ittifoqi (YeI) 26 milliard yevrolik javob çoralarini e’lon qildi.

Yevropa Komissiyasi bayonotida AQŞ tomonidan pölat mahsulotlariga qöyilgan yangi tariflari «asossiz» ekanligini va Bryussel bunga javoban «tez va mutanosib» çoralar körişini aytdi.

Yevropa Ittifoqi AQŞ tariflari transatlantik savdoga putur yetkazadi, biznes va iste’molçilar uçun qöşimça xarajatlar keltirib çiqaradi va narxlarning oşişiga olib keladi, deb hisoblamoqda. Yevrokomissiya bosqiçma-bosqiç harakat qiliş niyatida.

Yevropa Ittifoqining javob çeklovlari 1 apreldan kuçga kiradi va 8 milliard yevrolik Amerika tovarlariga ta’sir qiladi. 18 milliard yevrodan oşiq savdo çeklovlarining ikkinçi tölqini 13 apreldan kuçga kiradi.

Umuman olganda, Yevropa Ittifoqining javob çoralari AQŞ importining 26 milliard yevro miqdorini qoplaydi, bu AQŞ yangi tariflaridan kelib çiqadigan taxminiy zararga teng.

Bryussel muzokaralar uçun oçiq ekanligini va tomonlar özaro maqbul yeçim topsa, javob çoralarini bekor qilişga tayyorligini ta’kidlamoqda. Biroq kelişuv bölmasa, Yevropa Ittifoqi Amerika eksportiga qarşi sanksiyalarni qöllaşda davom etadi.

AQŞ tomonidan pölat va alyuminiy importiga yangi 25 foizlik bojlari 12 martdan kuçga kirdi.