Soğliqni saqlaş vazirining buyruği bilan Özbekistonda davlat röyxatidan ötkazmasdan, majburiy sertifikatlaş şarti bilan tibbiyot amaliyotida qöllaş va olib kirişga ruxsat beriladigan, davlat röyxatidan ötkazilgan analoglari mavjud bölmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar röyxati tasdiqlandi.

Röyxat prezidentning "Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlaş yuzasidan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida"gi hamda "Tibbiyot muassasalarini farmatsevtika mahsulotlari va tibbiy jihozlar bilan ta’minlaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi qarorlariga muvofiq işlab çiqilgan va 34 dori vositasi hamda 117 tibbiy buyumni öz içiga oladi.

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.03.2025 yildan kuçga kirdi.