Ukraina Qurolli kuçlarining Kursk oblastidagi operatsiyasi «öz vazifasini bajardi», dedi mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy 14 mart, juma kuni Kiyevda jurnalistlarga. Unga köra, Ukraina Qurolli kuçlarining Kursk hujumi natijasida Rossiya armiyasi öz kuçlarining bir qismini Xarkiv va Pokrovsk yönalişlaridan olib çiqib ketgan. Natijada u yerda vaziyat «barqarorlaşdi» va Rossiya Qurolli kuçlari endi «Pokrovskni yana işğol qiliş imkoniyatini topişi juda qiyin böladi», deb hisoblaydi Zelenskiy.

Zelenskiy: Rossiya uruşni davom ettirişga intilyapti

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy uç yildan köproq vaqt oldin Ukrainaga qarşi tajovuzkor uruş boşlagan Rossiyani tinçlik kelişuvini ataylab keçiktirayotganlikda aybladi. «Afsuski, bir kundan ortiq vaqtdan beri dunyo bildirilgan takliflarga nisbatan Rossiya tomonidan mazmunli javob eşitmayapti. Va bu aynan Rossiya uruşni davom ettirişga intilayotganini va tinçlik boşlanişini imkon qadar keçiktirişga harakat qilişini yana bir bor tasdiqlaydi», deb yozdi u Telegramʼda 13 mart kuni tuşdan keyin. U, şuningdek, «AQŞning bosimi Rossiyani uruşni tugatişga majbur qiliş uçun yetarli bölişiga» umid bildirdi.

Zelenskiy: Rossiya öt oçişni töxtatişdan boş torsa, Ukrainani mustahkamlaş kerak böladi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyani AQŞning Kiyev va Moskva örtasida 30 kunlik öt oçişni töxtatiş haqidagi taklifiga javob berişga çaqirdi. «Hammasi Rossiya öt oçişni töxtatiş va tinçlanişni xohlaydimi yoki odamlarni öldirişda davom etişni xohlaydimi, bunga boğliq», dedi u 12 mart kuni Kiyevda.

Avvalroq Ukraina 30 kunlik otaşkesimga rozi bölgan, endi esa Moskva öz javobini berişi kerak, dedi Zelenskiy.