Telegram asosçisi Pavel Durov sud ruxsati bilan Fransiyani tark etdi va Dubayga yöl oldi, deb xabar berdi AFP ma’lumotlariga tayanib RBK.

Durov 2024 yil avgustida Parijning Le Burjye aeroportida hibsga olindi. Da’volar Telegram moderatsiyasi va huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilişdan boş tortiş bilan boğliq bölib, oqibatda tadbirkor bolalar pornografiyasi, firibgarlik va boşqa jinoyatlarni tarqatişda gumonlanuvçiga aylandi. U bir neça kun hibsda saqlandi, keyin 5 million yevro garov va haftasiga ikki marta politsiyaga xabar beriş majburiyati evaziga qöyib yuborildi. Unga Fransiya hududini tark etiş taqiqlandi. 2024 yilning noyabr oyidan boşlab Belgiya huquq-tartibot idoralari ham Durov işi böyiça tergovga qöşildi.

Parij prokurori Lor Bekko Durovga qarşi işni kiberjinoyatlarga qarşi kuraş nuqtai nazaridan namunali deb atadi va Telegram huquq-tartibot idoralarining sörovlariga, ayniqsa, bolalar pornografiyasiga oid sörovlarga javob bermaganini ta’kidladi. Tergov davomida Fransiya jandarmeriyasi 2013 yildan 2024 yilgaça Telegram huquq-tartibot organlarining sörovlariga javob bermagan 2400 dan ortiq holatni sanab ötdi.

Fevral oyi boşida Fransiya prokuraturasi Durovning işi kamida bir yil davomida sudga yetkazilmasligini ma’lum qilgandi.