17 mart kuni Abay nomidagi Qozoğiston milliy opera va balet teatri sahnasida «Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi» baleti namoyiş etildi. Bu haqda prezident yordamçisi Saida Mirziyoyeva özining Telegram kanali orqali ma’lum qildi.

«Qozoğistonga qilgan avvalgi safarimiz çoğida «Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi» baleti şu qardoş yurtda ham namoyiş etilsa, deb niyat qilgandik. Ezgu niyatimiz ijobat böldi — 17 mart kuni Abay nomidagi Qozoğiston milliy opera va balet teatri sahnasida qadimiy raqsimiz lazgi jonlandi», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Qayd etilişiça, bunday madaniy tadbirlar gözal özbek san’atini namoyon etibgina qolmay, qardoş millatlar örtasidagi döstlik, birodarlik riştalarini yanada mustahkamlaşga, özaro munosabatlarni yangi bosqiçga kötarişga yordam beradi.

«Biz, prezidentimiz tomonidan boşlab berilgan yaxşi qöşniçilik an’analariga sodiq qolgan holda, Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy, siyosiy va albatta, madaniy sohalarda hamkorlikni kuçaytirişga öz hissamizni qöşişni maqsad qilganmiz. Xalqlarimiz örtasida totuvlik, ahillik hukm sursa, uşbu mintaqa qudratli hamjihatlik markaziga aylanişi şubhasiz», — deya ta’kidlaydi prezident yordamçisi.

Ma’lum qilinişiça, 27 mart kuni uşbu raqs spektakli Astana Opera sahnasida yana jonlanib, tomoşabinlarga unutilmas taassurotlar tuhfa etadi.

«Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi» birinçi marta Dubai Opera sahnasida namoyiş etilgan va keyinçalik Istanbul, Dortmund, Parij, Sankt-Peterburg, Moskva va Londonda sahna yuzini körgan.

Şuningdek, bugun, 18 mart kuni prezident yordamçisi Saida Mirziyoyeva Qozoğiston davlat maslahatçisi Yerlan Karin bilan uçraşuv ötkazdi. Suhbat çoğida aprel oyida bölib ötadigan «Markaziy Osiyo–Yevropa Ittifoqi» sammiti va Orol madaniyat sammitiga tayyorgarlik köriş va ularni ötkaziş yuzasidan fikr almaşilgan.

«Özbekiston va Qozoğiston muhim xalqaro tadbirlar doirasida qöşma taşabbuslarni ilgari surişda faol hamkorlik qilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ijtimoiy platformalarni tartibga soliş sohasida muvofiqlaştiriş va tajriba almaşiş muhimligiga alohida e’tibor qaratildi», — deyiladi xabarda.