Boyovut tumani IIB boşliği örinbosari – jamoat xavfsizligi bölimi boşliği lavozimida işlab kelgan Jahongir Hasanboyevga sud hukmi öqildi. U pora olganlikda ayblangan.
Kun.uz örgangan sud hujjatida keltirilişiça, Jahongir Hasanboyev 2005 yildan Sirdaryo viloyati IIB tizimida işlab kelgan. U 2024 yil may oyidan qamoqqa olingunga qadar esa Boyovut tumani IIB boşliği örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Jahongir Hasanboyev tuman IIB tergov bölimi iş yurituvidagi qimor va tavakkalçilikka asoslangan öyinlar taşkil etiş holati bilan boğliq jinoyat işi doirasida gumonlanuvçilarga qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllamaslikni ta’minlab berişni va’da qilgan. U uşbu “xizmati” uçun 10 ming AQŞ dollari söragan.
2024 yil 10 sentabr kuni huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan Guliston şahrida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda Jahongir Hasanboyev kelişilgan 10 ming AQŞ dollarini olganda aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Jahongir Hasanboyev sudda aybiga töliq iqrorlik bildirgan. U uşbu pullarni jigari kasalligi sababli davolanişga işlatmoqçi bölganini, yordam beraman deya aldab olganini, aslida yordam beriş niyati bölmaganini aytgan.
“10 ming AQŞ dollarini Boyovut tuman IIB huzuridagi tergov bölimi iş yurituvida bölgan jinoyat işi yuzasidan qamoq ehtiyot çorasi qöllanmasligida yordam berişini aytib, aldab olganman. Aslida heç qanday yordam bermoqçi emasdim. Jigarim kasalligi sababli uşbu pullarni davolanişga işlatmoqçi edim. Agarda jinoyat işi doirasida gumonlanuvçi qamalmay qolsa, unga men yordam berdim deb pullarni olib qolmoqçi, agarda qamalib ketsa yoki iş jiddiylaşsa, eplolmadim deya pullarni qaytarib bermoqçi böldim. Pulni biron bir mansabdor şaxs yoki özim bilan birga işlaydigan hamkasblarim, tergovçilarga beriş niyatim bölmagan”, degan u öz körsatmasida.
Sud hukmi bilan Jahongir Hasanboyev Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “a, v” bandlari hamda 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Sud Hasanboyevda jigar xastaligi borligi sababli Jinoyat kodeksining 57-moddasini qöllab, ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlagan. Ya’ni unga 2 yil davlat iştirokidagi taşkilotlarda hamda rahbarlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarda işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil 8 oy muddatga ozodlikni çeklaş jazosi berilgan.
Ayni şu sud hukmi bilan Bahodir Mirzayev hamda Bekzod Habibov ham sudlangan. Ular ham alohida holatlarda yuqoridagi jinoyat işi doirasida gumonlanuvçilarga tanişlari orqali qamoq ehtiyot çorasi qöllanmasligini ta’minlab beriş uçun pul talab qilişgan. Uşbu maqsadda Bahodir Mirzayev 3 ming, Bekzod Habibov esa 30 ming AQŞ dollari olganda tezkor tadbirda uşlangan.

















