Toşkent viloyati Quyi Çirçiq tumanida voyaga yetmagan qizni kaltaklagan ayol jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
“Xizmat uyida uşlab oldim”
Sud hukmida keltirilişiça, 1993-yilda tuğilgan X.T. (ayol) 2026-yil 10-may kuni profilaktika inspektori bölib işlaydigan turmuş örtoğiga ajratilgan xizmat uyiga borgan. Xizmat uyi tumanning Paxtazor mahallasida joylaşgan bölgan.
X.T. erini xizmat uyida voyaga yetmagan (2009-yilda tuğilgan) qiz bilan uşlab olgan. Bundan jahli çiqib, qizni kaltaklagan.
Ayol sudda qilmişiga iqrorlik bildirgan.
“Turmuş örtoğim profilaktika inspektori lavozimida işlab keladi. Uning Quyi Çirçiq tumani Paxtazor mahallasida xizmat uyi bor edi. 2026-yil 10-may kuni soat 15:00 larda bolalarim bilan birga turmuş örtoğimga biriktirilgan xizmat uyiga bordim.
Köçada turmuş örtoğimning maşinasi yöqligi uçun uni işda bölsa kerak deb öylab, kalit bilan eşikni oçdim va uyga kirdim. Şu vaqtda turmuş örtoğim yalanğoç holatda turganini, xonada qizimning öyinçoq uyçasi içida yoşroq ayol kişi kiyimsiz yaşirinib ötirganini kördim.
Jahlim çiqib, qizni bir neça marotaba urdim. Turmuş örtoğim bizni ajratib qöydi. Söng qiz köçaga çiqib ketdi. Jahl ustida yana uning ortidan yugurib borib, qöllarim bilan yuziga urdim, tepdim”, degan ayol suddagi körsatmasida.
X.T. qizning voyaga yetmaganini bilmaganini aytib, suddan yengillik söragan.
“Qörqitib, jinsiy aloqa qilgan”
Sudda qonuniy vakili iştirokida söralgan jabrlanuvçi jiddiy körsatma bergan. Yaʼni, qiz profilaktika inspektori uni qörqitib, jinsiy aloqa qilib kelganini aytgan.
“2025-yil mart oyida dugonam maktabda qizlar bilan tortişib qolgani sababli menga Tinçlik mahallasida joylaşgan 1-sonli IIBga borib kelaylik, dedi. U yerda bizni I. ismli profilaktika inspektori qabul qildi. Şunda u bilan tanişgandim. Şundan söng, meni qörqitib, jinsiy aloqada bölib keldi.
2026-yil 10-may kuni soat 14:00 larda I. telefon qildi. Söng uçraşib, maşinasiga ötqazdi va töğri xizmat uyiga olib bordi. U yerda meni qörqitib jinsiy aloqa qildi. Şu payt taşqaridan I. akaning turmuş örtoği kirib kelib, urişib ketdi. Keyin meni ham soçimdan uşlab, sudrab, urib taşladi













