Yevropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qiliş böyiça muhokamalarni töxtatdi. Bu haqda Deutsche Welle YeIning 20 mart kungi sammitiga oid ma’lumotlarga tayanib xabar berdi.
«Yevropa Ittifoqi qonunçiligiga muvofiq, Rossiya aktivlari Ukrainaga qarşi tajovuzkor uruş töxtamagunça va uruş oqibatida yetkazilgan zarar qoplanmagunça, harakatsiz qolişi kerak», — deyiladi matnda.
Yevropalik diplomatlardan birining naşrga ma’lum qilişiça, Yevropa öt oçişni töxtatiş va tinçlik muzokaralari haqida öylay boşlagan, «odamlar uşbu aktivlarni musodara qilişdan köra, ularga egalik qiliş muhimroq ekanini tuşunib yetmoqda».
Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qiliş imkoniyati Rossiya—Ukraina uruşi boşlanganidan beri muhokama qilib kelinadi. Qaysidir bosqiçda Yevroittifoq buning uçun yuridik asos topib bölmasligi haqida xulosaga kelgan. Ammo Bloomberğning yozişiça, musodara muhokamasi davom ettirilgan.
Yevropa Ittifoqida Rossiyaning 260 milliard yevrolik aktivlari muzlatilgan. Uruş boşlanganidan keyin ulardan foydalaniş orqali tuşayotgan foizlar Ukrainani qöllab-quvvatlaş böyiça maxsus fondga ötkazilmoqda.
G7 davlatlari Rossiya Markaziy bankining ğarbda muzlatilgan mablağlarini foydalanişdan keladigan daromaddan Ukrainaga 50 milliard dollar kredit ajratişga kelişib olgan. Rossiya muzlatilgan mablağlarining aksariyati Belgiyaning Euroclear depozitariylarida saqlanadi.












