Kun.uz mamlakatning turli hududlarida bölib, odamlar hayoti bilan yaqindan tanişişda davom etadi. Bu safargi manzil Farğona viloyatining Furqat tumani böldi.

Furqat — Farğona viloyatidagi tuman. 1992 yil 9 aprelda taşkil etilgan. Furqat Beşariq va Özbekiston tumanlaridan ajrab çiqqan. Şimoldan Tojikiston Respublikasi, Danğara, Beşariq va Özbekiston tumanlari bilan çegaradoş. Maydoni 0,31 ming km².

Aholisi 125 ming kişi. Markazi — Navbahor şaharçasi. Furqat tumaniga 2024 yilning avgust oyidan beri Elyor Asronqulov hokimlik qilib keladi.

Elyor Asronqulov

Furqat markazida bölib, aholidan tuman nega bunday nomlanişini, furqatliklar öz hokimlarini taniş-tanimasligi, ularni qiynayotgan muammolar haqida ham söradik.

Bozordagi sotuvçilar bilan suhbatlaşib ularning topayotgan kunlik daromadi haqida söraganimizda non sotuvçi xola yiğgan puliga öğliga maşina olib berganini aytdi.

Yasagan naqşinkor ayvon-u ustunlari bilan butun respublikaga maşhur bölgan Özbekiston xalq ustasi Muhammadali Yunusov ham Furqat tumanida yaşaydi.

Aksariyat aholi tuman muammosi sifatida markazda hordiq çiqariş uçun jamoat parki yöqligi, şuningdek, çorva bozori ham faoliyat yuritmasligi sabab Özbekiston va Beşariq tumanlariga borişlari haqida aytdi.