Farğona viloyatida katta tezlikda harakatlangan BMW rusumli avtomaşina boşqaruvni yöqotib, haydovçi halok böldi.
Viloyat YHXB axborot xizmati rahbari Elbek Qobilov Kun.uz’ga maʼlum qilişiça, holat 12-oktabr kuni Furqat tumanida sodir bölgan.
Soatiga 100 kilometrdan ortiq tezlikda harakatlangan avtomobil haydovçisi keskin burilişda boşqaruvni yöqotib, dastlab ogohlantiriş ustuni bilan töqnaşgan, söngra simyoğoç va daraxtga urilgan.
Hodisa oqibatida BMW rulida bölgan 28 yoşli haydovçi halok bölgan.
Maşinada bölgan yölovçining sözlariga köra, birinçi tösiqqa uriliş vaqtida u old oyna orqali taşqariga otilib çiqib ketgan.
«Közimni oçib, örnimdan turib qarasam, hamma joy çang edi. Haydovçining yoniga bordim, hamma joyi butunga öxşab körindi, pulsini tekşirib kördim, lekin puls yöq edi. Tezlikning oxiri ölim. Közingizni oçib-yumasiz, böldi», – deydi YTHdan omon qolgan yölovçi.
YHXB xabarida qayd etilişiça, haydovçilik guvohnomasiga ega bölmagan uşbu haydovçi avval ham organ xodimlari tomonidan avtomobil boşqarmaslik haqida ogohlantirilgan. Şuningdek, yöl harakati qoidalarini buzgani uçun unga nisbatan qonuniy çora körilgan. Şunga qaramay, u yana avtomobil boşqargan.












