Oliy Radaning taşqi siyosat va parlamentlararo hamkorlik qömitasi rahbari Oleksandr Merejko AQŞ prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoffni Ukrainadagi mojaroni hal qiliş böyiça muzokaralarda iştirok etişdan çetlatişni talab qildi. Bu haqda «Strana» yozdi.
Ukrainalik deputat amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusidagi Uitkoff bayonotlarini «şarmandali va hayratlanarli» deb atadi.
«Gap bu masalada professional bölişi va ba’zi asosiy narsalarni bilişi kerak bölgan prezident vakili haqida bormoqda. U buni bilmaydi. U kimning vakili? Trampning vakilimi yo Putinning? U rus propagandasini takrorlamoqda», deb izoh berdi Merejko Uitkoffning sözlariga.
Ukrainalik deputatga köra, Tramp öz maxsus vakilining bayonotlarini rad qilişi kerak, çunki «ular AQŞ siyosatiga zid».
Karlson bilan suhbatda Stiven Uitkoff Ukrainadagi vaziyat yuzasidan bir qator bayonotlar berdi. Xususan, Ukraina hukumati mamlakatda saylov ötkazişga rozi bölganini ma’lum qildi. Bundan taşqari, Uitkoff Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va uning apparati rahbari Andrey Yermak Ukrainaning NATO a’zosi bölolmasligiga «tan berganini» ta’kidladi. Trampning maxsus vakili Ukraina mojarosini hal qilişda yetakçi masala sifatida Rossiya yangi mintaqalarining xalqaro maqomini aytdi.













