Yevropa davlatlari yetakçilari Parijda ötkazilgan uçraşuvda Rossiyaga qarşi sanksiyalarni yumşatişdan boş tortdi.

Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer hozir «sanksiyalarni yeçiş vaqti emas»ligini ta’kidladi.

«Aksinça, biz AQŞ taşabbusini qöllab-quvvatlaş yölida Rossiyani muzokaralar stoliga ötirişga majbur qiliş uçun sanksiyalarni qanday kuçaytirişimiz mumkinligini muhokama qildik», — deydi u.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham uçraşuvda iştirok etib, sanksiyalarni bekor qilmaslik qaroridan mamnun ekanini bildirgan. U Rossiyaga «köproq bosim» ötkazişni istaşini qöşimça qilgan.

Saudiya Arabistonida ötkazilgan AQŞ va Ukraina muzokaralari yakunida tomonlar Qora dengiz böyiça sulhni kelişib olişga muvaffaq bölgandi. Ammo Rossiya qişloq xöjaligi mahsulotlari eksportçilaridan sanksiyalar olib taşlansa va «Rosselxozbank» SWIFT tizimiga ulansagina, bunga rozi bölişini bildirdi. SWIFT Yevropa Ittifoqi tomonidan nazorat qilinadi.

AQŞ davlat kotibi Marko Rubio 26 mart kuni Rossiya dengizda öt oçişni töxtatiş evaziga sanksiyalarni yumşatişni taklif qilganini tasdiqladi. Uning ta’kidlaşiça, AQŞ uşbu masalani RF va YeI bilan muhokama qiliş niyatida. Yevropa komissiyasi vakili Anitta Hipperga köra, Rossiya tomonining talablariga qaramasdan, Yevropa Ittifoqi «Rosselxozbank»ka nisbatan joriy qilingan çeklovlarni bekor qiliş imkoniyatini körib çiqmayapti.