Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb 29 oktyabr kuni rasmiy taşrif bilan Özbekistonga keldi. Uni Toşkent xalqaro aeroportida boş vazir örinbosari Jamşid Xöjayev va boşqa rasmiylar kutib oldi.
E’tiborlisi, fin yetakçisi Uzbekistan Airways'ning Ostona–Toşkent yönalişidagi odatiy reysi (HY-722, Airbus A320)da uçib kelgan. U 28-29 oktyabr kunlari rasmiy taşrif bilan Qozoğistonda bölgan edi.
ÖzA xabariga köra, Özbekistonga taşrif doirasidagi oliy darajadagi muzokaralar Toşkent şahrida bölib ötadi.
Özbekiston va Finlandiya örtasidagi köp qirrali hamkorlikni, eng avvalo siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda yanada kengaytirişning dolzarb masalalari körib çiqiladi. Kun tartibidagi mavzular qatoridan mehnat migratsiyasi ham örin olgan.
Aleksandr Stubbning taşrifi 4 kun (1 noyabrgaça) davom etişi közda tutilgan.
Ma’lumot uçun, bu – Finlandiya prezidentining Özbekistonga 33 yil içidagi ilk taşrifi bölmoqda. Bungaça faqat bir marta: finlarning sobiq prezidenti Mauno Koyvisto uzoq 1992 yilda rasmiy taşrif bilan Özbekistonga kelgan.












