Toşkent şahri Yunusobod tumanida Şuhrat ismli şaxs fuqaroning pulini sarmoya qiliş orqali köpaytirib berişga işontirib, 100 ming AQŞ dollarini olib, öz ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Bu haqda Toşkent şahar IIBB xabar berdi.

Holat yuzasidan Yunusobod tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) törtinçi qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan va tergov harakatlari davom etmoqda.

Toşkent şahar IIBB firibgarlardan ogoh bölişga çaqirdi.