Parij sudi Fransiyaning öta öng «Milliy birlaşuv» (sobiq «Milliy front») partiyasi yetakçisi Marin Le Penni Yevroparlament mablağlarini notöğri sarflaş işi böyiça aybdor deb topdi, deb xabar beradi BFMTV.

Sud hukmi bilan Le Penga tört yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlandi (ikki yil uy qamoğida va ikki yil şartli qamoq jazosi). Şuningdek, unga beş yil davomida hokimiyat organlariga saylaniş taqiqlandi. Şunday qilib, Le Pen 2027 yilda ötkaziladigan prezident saylovlarida qatnaşa olmaydi.

Bundan taşqari, Le Pen 100 ming yevro miqdorida jarima ham tölaşi kerak. Siyosatçi hukm e’lon qilinişini kutmasdan sud zalini tark etgan.

«Milliy birlaşuv»dan Yevroparlamentga saylangan yana sakkiz nafar deputat, şuningdek, 12 nafar parlament yordamçisi ham mazkur iş böyiça aybdor deb topildi. Iş hujjatlariga köra, ayblanuvçilarning harakatlari natijasida yetkazilgan umumiy zarar 2,9 million yevroni taşkil etmoqda.

Parij jinoiy sudida Marin Le Pen boşçiligidagi «Milliy birlaşuv» rahbariyatiga nisbatan sud jarayoni 30 sentabrda boşlangan edi. Le Pen va boşqa 20 dan ortiq partiya vakillari Yevropa Ittifoqi mablağlarini özlaştirganlikda va Yevroparlament deputatlarining yordamçilarini soxta yollaş orqali partiyani yaşirinça moliyalaştirganlikda ayblangan.

Ayblov xulosasiga köra, «Milliy birlaşuv»dan Yevroparlament deputatlariga yordamçi sifatida yollangan odamlar aslida Yevropa Ittifoqidagi öz vakillari uçun emas, balki şaxsan Le Pen yoki uning partiyasi uçun işlagan. Şunday qilib, «yordamçilari»dan biri — Terri Lege partiya asosçisi Jan-Mari Le Penning qariyb yigirma yil davomida qöriqçisi bölgan, keyinroq Marin Le Penning tansoqçisiga aylangan.