Hodisa 2026-yil 1-oktabr kuni soat 23:59 da Çilonzor tumanidagi Kiçik halqa yöli köçasida sodir bölgan. Keltirilgan maʼlumotga köra, daraxt yölda harakatlanayotgan avtomaşina ustiga sinib qulagan.
Voqeadan söng hududga zudlik bilan qutqaruv ekipajlari hamda hamkor xizmatlar jalb etilgan. Ular hodisa oqibatlarini bartaraf etiş va yölni harakat uçun oçiş çoralarini körgan.
Olib borilgan tezkor işlar natijasida yöldagi tösiqlar bartaraf qilinib, mazkur hududda avtomobillar harakati qayta tiklangan.
Xabarda alohida qayd etilişiça, hodisa oqibatida heç kim tan jarohati olmagan. Avtomobilda neçta kişi bölgani, transport vositasining rusumi va unga yetkazilgan zarar miqdori haqida maʼlumot berilmagan.
Daraxtning nima sababdan sinib qulaganiga ham hozirça aniqlik kiritilmagan.













