Loyiha Hypercraft kompaniyasining yöltanlamas Razorback maşinasi, Forterra işlab çiqqan AutoDrive avtonom boşqaruv tizimi hamda 9 Mothers kompaniyasining Edda turelini birlaştiradi.
Maşina taʼminot yöllari öqqa tutilayotgan şaroitda yuk yetkaziş uçun möljallangan. Bunday vazifalarni haydovçisiz bajariş insonlarning bevosita xavf ostida qolişini kamaytirişga qaratilgan.
Razorback - Yuta ştatining Provo şahridagi Hypercraft kompaniyasi işlab çiqqan birinçi töliq maşina. Kompaniya avval tijorat transporti uçun elektr kuç qurilmalarini yaratiş bilan şuğullangan, keyinçalik mudofaa sohasidagi işlanmalarni ham yölga qöygan.
Maşinaning uzunligi tört metrdan oşadi, yuk kötariş quvvati esa 1,8 tonnaga yetadi. Hypercraft maʼlumotiga köra, uning yuriş zaxirasi qariyb 800 kilometrni taşkil etadi. Şuningdek, maşina taşqi uskunalarni 38 kilovattgaça elektr quvvati bilan taʼminlay oladi.
Konstruksiya vazifaga qarab qöşimça datçiklar, radiostansiyalar, qurollar va boşqa jihozlarni örnatiş imkonini beradi. Razorback dastlabdan avtonom işlaşga möljallangani AutoDrive boşqaruv tizimini örnatişni osonlaştirgan.
Maşinaga örnatilgan Edda turelining oğirligi taxminan 23 kilogramm. U kiçik dronlarni parraklari ovozidan aniqlaydi, kameralar yordamida kuzatadi va soçma öqli miltiqdan öq uzadi. Tizim 10 metrdan 100 metrgaça masofadagi dronlarni nişonga olişga möljallangan.
Şu tariqa, yangi platforma harbiy taʼminotni avtonom yetkazib beriş va dronlarga qarşi kuraşiş imkoniyatlarini bitta maşinada jamlagan.












