«Respublika hududlarida mikro gidroelektr stansiyalari tarmoğini rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, 2025–2026 yillarda Respublika hududlarida mikro gidroelektr stansiyalari tarmoğini rivojlantirişning asosiy maqsadli körsatkiçlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- jami quvvati 164 MVt bölgan 2 983 ta mikro GES quriş va yiliga 500 mln kVt/soat ekologik toza elektr energiyasini işlab çiqariş;
- yangi mikro GES işga tuşiriş hisobiga 280 mingta aholini elektr energiyasi bilan ta’minlaş;
- quriliş davrida 1200 nafar işçining bandligini ta’minlaş va loyihalar işga tuşgandan keyin 520 ta doimiy iş örni yaratiş.
2025 yil 1 maygaça loyiha hujjatlariga asosan mikro GES quriş uçun tanlab olingan yer uçastkalari belgilangan tartibda Energetika vazirligiga ajratiladi.
Energetika vazirligi ajratilgan yer uçastkalari loyiha taşabbuskorlariga mikro GES quriş va işga tuşiriş uçun 20 yil muddatga ijaraga berilişini ta’minlaydi.
Bundan taşqari, kiçik va mikro gidroelektr stansiyalari loyihalarini amalga oşiriş guruhi taşkil etiladi.











