Ukraina hukumati tinçlik muzokaralari doirasida Rossiyaning kelajakda NATOga qöşilmaslik kafolatlari töğrisidagi talabiga rozi bölmaydi, dedi Ukraina taşqi işlar vaziri Andrey Sibiga.

«Ukraina qabul qilmaydigan fundamental narsalar bor va ulardan biri – NATOga a’zo böliş harakatlarimizga uçinçi davlat tomonidan veto qöyişning imkonsizligi», – dedi vazir. Sibiganing sözlariga köra, u Ukraina-NATO kengaşining sönggi yiğilişida ittifoqçilarga bu pozitsiyaning prinsipialligini ma’lum qilgan.

Vazir alyansga a’zolik Ukraina uçun qisqa muddatli maqsad emasligini ta’kidladi va u böyiça «hali konsensus yöqligi»ni tan oldi, biroq bu har qanday holatda ham «boşqa davlat, masalan, Rossiya vetosi» bilan boğliq bölmasligini ta’kidladi.

Rossiya hukumati bir neça bor Ukrainadan NATOga a’zolikdan voz keçişni talab qilgan, turli ommaviy axborot vositalari manbalarga tayanib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin uçun bu tinçlik kelişuvining asosiy şartlaridan biri ekanini yozgan. Donald Tramp AQŞ prezidentligiga qaytgaç, Oq uy ham Kiyevning alyansga qöşilmasligi haqidagi pozitsiyani takrorlay boşladi. Trampning özi fevral oyi oxirida «şunçaki Ukraina NATOga kirmasligi, çunki hammasi şu tufayli boşlangani»ni aytdi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 3 aprel kuni hozir «kimdir buni qöllab-quvvatlaşni istamasa ham», Ukrainaning kelgusida NATOga a’zo bölişi masalasini «hozirça heç kim muzokaralar stolidan olib taşlamayotgani»ni aytdi.

NATOning özidagilar uzoq muddatli istiqbolda Ukraina alyansga a’zo bölişi mumkin degan pozitsiyada. NATO mamlakatlari taşqi işlar vazirlarining 2 aprel kuni bölib ötgan yiğilişida taşkilot Vaşingtondagi bayonotlarga qaramay, bu pozitsiya özgarmaganini tasdiqladi. «Ittifoqçilar Vaşingtondagi sammitda Ukrainaning NATOga qöşiliş yöli ortga qaytmas ekanligini aytişdi. Bu qaror öz kuçida qoladi, u NATOning umumiy siyosati bölib qoladi», – deyiladi alyans kotibiyatida.

Fransiya va Buyuk Britaniya Rossiyadan sulh haqidagi taklifga zudlik bilan javob berişni talab qilmoqda

Rossiya AQŞning sözsiz sulh taklifiga javob berişni keçiktirişni bas qilişi kerak, dedi Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Noel Barro Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Lemmi bilan qöşma matbuot anjumanida.

Barro Ukraina zudlik bilan öt oçişni töxtatiş ğoyasiga rozilik bildirganidayoq «muhim yon beriş»ni amalga oşirganini qayd etadi. «Endi Rossiya AQŞ taklifiga javob berişi kerak. Bu xoh „ha“, xoh „yöq“ javobi bölsin, lekin bu tezkor javob bölişi kerak», – deya ta’kidladi u.

Öt oçişni zudlik bilan va 30 kunga sözsiz töxtatiş ğoyasini 11 mart kuni AQŞ vakillari Ukraina bilan muzokaralarda ilgari surgan edi. Kiyev öt oçişni töxtatiş ikki tomonlama bölişi şarti bilan bunga rozi bölgandi. Biroq Moskvada hozirgaça aniq javob berilmadi: bir neça kundan keyin Putin bu ğoyani qöllab-quvvatlaşini, biroq sulh tuzişdan oldin tafsilotlarni, xususan, öt oçişni töxtatiş rejimiga rioya etilişini nazorat qiliş mexanizmini kelişib oliş kerakligini aytdi.

Keyinroq AQŞ avval Rossiya, söngra Ukraina bilan energetika obektlariga zarba berişni 30 kunga qisman töxtatiş böyiça kelişib oldi. Şundan beri har ikki tomon bir neça bor bir-birini bu kelişuvlarni buzganlikda ayblagan, şu bilan birga, özlari bunga rioya qilayotganini ta’kidlagan.

Mart oyi oxirida Vaşingtondagilar Moskvadan tinçlik yölida aniqroq harakatlarni kutayotganini ma’lum qila boşladi. Xususan, Donald Tramp tez-tez Rossiyaga sanksiyalar bilan tahdid qilişga ötdi – garçi u Putin «bitimning öz qismini bajarişi»ga işonişini aytişda davom etgan bölsa-da. AQŞ davlat kotibi Marko Rubio 4 aprel kuni Bryusselda bölib ötgan NATO sammitidan söng Vaşington «tez orada» Rossiya vaqtni çözayotganini yoki haqiqatan ham tinçlik kelişuviga tayyorligini aniqlab olişini aytdi. Uning fikriça, bu bir neça haftalik masala böladi.