Hindistonning Madhya-Pradeş ştati Damoh okrugi rasmiylari özini britaniyalik kardiojarroh sifatida taniştirib, xususiy şifoxonada operatsiyalar ötkazgan şaxsga oid iş yuzasidan tergov boşladi, deb xabar beradi The Indian Express.
Okrug Bolalarni himoya qiliş qömitasi prezidenti Dipak Tivari özini britaniyalik karidolog N.Jon Kem sifatida taniştirgan erkak aslida boşqa bölgani, «işga joylaşişda soxta hujjatlardan foydalanib, murakkab operatsiyalarni amalga oşirgani» töğrisida ayblovni ilgari surmoqda.
Inson huquqlari böyiça milliy komissiya a’zosi Priyank Kanungo holat böyiça tergov ötkazilişini ma’lum qildi. «Yuragi operatsiya qilingan şaxslar orasida yetti kişining bavaqt ölimi bilan boğliq holat aniqlandi», — deb yozadi u X ijtimoiy tarmoğidagi akkauntiga.
Ma’lumotlarga köra, vafot etgan bemorlarning qarindoşlari şifokordan şubhalana boşlaganidan keyin u izsiz yöqolgan.
Eslatib ötamiz, 2024 yilda Hindistonda soxta «şifokor» YouTubeʼdagi videolarga qarab ösmirni operatsiya qilgani töğrisida xabar berilgandi. Operatsiyadan keyin bemor vafot etgan va politsiya «şifokor»ga nisbatan qidiruv e’lon qilgan edi.












