Poytaxt hokimi Şavkat Umrzoqov Mirzo Uluğbek va Bektemir tumanlarida avtomobil yöllarini ta’mirlaş xarajatlari uçun 8 mlrd sömdan ziyodroq mablağ ajratilişi közda tutilgan qarorni imzoladi.

Unga köra, Mirzo Uluğbek tumanidagi yöllarni ta’mirlaş uçun 4 mlrd 233 mln 700 ming söm, Bektemirdagi yöllar ta’miri uçun esa 3 mlrd 800 mln söm ajratilgan.

Qarorda keltirilişiça, mazkur mablağlar Toşkent şahrini rivojlantiriş jamğarmasi hisobidan ajratilişi belgilangan.

Qayd etiş kerak, Şavkat Umrzoqov joriy yilning mart oyida poytaxtdagi yöllarni ta’mirlaş uçun 12 mlrd söm ajratilişi haqida ham qaror çiqargandi.