Forbes jurnalistlarining hisob-kitoblariga köra, AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan joriy qilingan import bojlari tufayli uning şaxsiy boyligi 500 million dollarga kamaydi. Naşrning 8 aprel, seşanba kuni yozişiça, bojlar oşirilgan kuni, 2 aprelda Trampning boyligi 4,7 milliard dollarga baholangan, biroq oradan bir hafta ötmasdan uning qiymati taxminan 4,2 milliard dollarga tuşgan.

Oq uy rahbari Trump Media and Technology Group aksiyalari qiymatining pasayişi tufayli taxminan 170 million dollar yöqotdi, savdoning sönggi uç kunida ular 8 foizga arzonladi. Qolgan yöqotişlar tijorat köçmas mulki (90 million), golf biznesi (taxminan 70 million), mehmonxona va kurort biznesi (65 million), kriptovaluta hamda Tramp biznesga ega bölgan yoki sarmoyasi bölgan boşqa sohalardagi pasayiş bilan boğliq.

Donald Trampning tarafdori, milliarder Ilon Mask ham respublikaçilarning iqtisodiy siyosatidan jabr kördi: Business Insider yozganidek, Space X rahbarining boyligi 2 apreldan boşlab 35 milliard dollarga kamaydi, 8 aprelga kelib esa u 298 milliard dollarga baholandi (va Bloomberg ma’lumotlariga köra, 9 aprel holatiga köra u allaqaçon 290 milliard dollarni taşkil etgan). Şu bilan birga, The Washington Post naşrining yozişiça, Mask Trampdan bojlar joriy qilmaslikni şaxsan özi söragan, biroq uning urinişlari samarasiz ketgan.

Bloomberg agentligining milliarderlar indeksi ma’lumotlariga köra, dunyoning eng boy 10 kişisi qimmatli qoğozlar bozoridagi pasayiş natijasida uç kun içida 172 milliard dollar yöqotgan.