Uzbekistan Airways yangi Airbus A321neo havo laynerlarini HBCplus ilğor bort aloqasi tizimi (IFC), Airbus kompaniyasining multiorbital aloqani qöllab-quvvatlovçi moslaşuvçan sun’iy yöldoş texnologiyasi bilan jihozlaydi.
Ta’kidlanişiça, uşbu taşabbus aviakompaniyaning bort xizmatini modernizatsiya qiliş va yölovçilar uçun zamonaviy raqamli yeçimlarni joriy etiş strategiyasining bir qismidir.
Qayd qilinişiça, HBCplus tizimining joriy etilişi yölovçilarga örta va uzoq masofali yönalişlarda ham kontent köriş, xabar almaşiş va onlayn işlaş uçun yuqori tezlikdagi internet aloqasini ta’minlaydi. Tizimni örnatiş 2026 yildan, birinçi A321neo havo kemalarining kelişi bilan boşlanadi.
Uzbekistan Airways – milliy aviataşuvçi va Özbekistonning eng yirik aviakompaniyasi, floti Boeing 787/767, Airbus A320ceo/A320neo/A321neo, L-410 va ATR-72 havo kemalaridan iborat.












