10 aprel kuni Vaşingtonda joylaşgan Ronald Reygan nomidagi aeroportda American Airlines’ning ikki samolyoti bir-biri bilan töqnaşib ketdi, deb xabar beradi Reuters.

Ma’lumotlarga köra, havo kemalaridan birining bortida AQŞ Kongressining kamida uç nafar a’zosi bölgan. The Washington Post esa har ikki reysda ham kamida beş nafar kongressmen bölganini yozdi. Xususan, Nyu Yorkdan saylangan demokratlar Gregori Miks va Greys Men, vakillar palatasi a’zolari Jos Gottaymer va respublikaçi Nik LaLota.

Hodisa samolyotlarning harakatlaniş yölagida sodir bölgan: Bombardier CRJ 900 qanoti bilan Embraer E175ʼga urilgan. Ikkala havo kemasi ham texnik körikka yuborilgan. Aeroport faoliyatida uzilişlar röy bermagan.

Qayd etilişiça, bu sönggi kunlarda AQŞ samolyotlari bilan yuz bergan ikkinçi holatdir. 7 aprel kuni Oregonda xususiy samolyot uçiş-qöniş yölagidan çiqib ketib, suvga qulagan. Hodisa oqibatida beş kişi jarohat olgan.

Şuningdek, 10 aprel kuni Nyu York yaqinidagi Jyersi-Siti şahrida vertolyot Gudzon daryosiga qulaşi oqibatida olti kişi — Siemens konsernining Ispaniyadagi filiali rahbari Agustin Eskobar, uning rafiqasi va uç nafar farzandi hamda uçuvçi halok bölgan.