AQŞ Xitoy bilan savdo munosabatlari borasida vositaçilar orqali «yumşoq muloqot» boşladi. Bu haqda Qöşma Ştatlar savdo vaziri Hovard Lyutnik ma’lum qildi.

Savdo vaziri prezident Donald Tramp va XXR raisi Si Jingping savdo sohasida mamlakatlar örtasidagi kelişmovçilikni bartaraf etiş yölini topişlariga işonç bildirdi.

«Bu AQŞ uçun ijobiy, öylangan va samarali tarzda hal böladi», — deydi Lyutnik ABC News efirida. Uning ta’kidlaşiça, Xitoy bilan savdo borasida töp hozirda Donald Tramp tomonida.

Vazirning qöşimça qilişiça, AQŞ xorijdan import qilinadigan elektronika va yarimötkazkiçlarga nisbatan joriy etilgan bojlarni töxtatgan, çunki ikki oy içida ularga alohida bojlar joriy etiş rejalaştirilmoqda.

Donald Tramp yarimötkazgiçlarga nisbatan bojlar böyiça yangi ma’lumotlarni 14 aprel kuni tadqim etişni va’da qilgan.

10 aprel kuni AQŞ Xitoyning barça tovarlariga joriy etilgan 125 foizli bojlarni 145 foizga qadar oşirdi. Öz navbatida Amerika ma’muriyati Vaşington Pekin bilan kelişuvlar uçun oçiqligini bildirdi. 11 aprel kuni Xitoy AQŞ tovarlariga bojlarni 84 foizdan 125 foizga qadar oşirdi.

Avvalroq Donald Trampning tariflar uruşi butun dunyo böylab moliyaviy bozorlarda parokandalikni yuzaga keltirgani, endi Oq uy rahbari tariflarning joriy etilişi oqibatlari tufayli maslahatçilaridan hafsalasi pir bölgani töğrisida xabar berilgandi.