Rossiya va Ukraina rasmiylari 15-16 aprel kunlari Qora dengizdagi xavfsizlik masalalari böyiça muzokaralar ötkazadi. Uçraşuv Turkiya poytaxti Anqara şahrida bölib ötadi, deb xabar bermoqda CNN Turk.
Uçraşuvda aynan kimlar iştirok etişi va u töğridan töğri yoki bilvosita ötkazilişiga aniqlik kiritilmagan. Moskva va Kiyev öz vakillarining mazkur uçraşuvda iştirok etişini hozirça rasman tasdiqlamadi. Yil boşidan beri tomonlar vositaçilar orqali muzokaralar ötkazib kelmoqda.
Öz navbatida Turkiya Milliy mudofaa vazirligi 15–16 aprel kunlari Anqarada Qora dengizdagi xavfsizlik masalalari böyiça xorijiy davlatlarning harbiy vakillari bilan uçraşuv ötkazilişini ma’lum qildi. Biroq uçraşuvda iştirok etadigan davlatlar röyxati oşkor etilmadi.
«Rossiya va Ukraina örtasida ehtimoliy öt oçişni töxtatiş şaroitida Qora dengiz xavfsizlik masalalariga bağişlangan uçraşuv Turkiya Harbiy-dengiz kuçlari qömondonligi ştabida bölib ötadi. Unda xorijiy davlatlarning harbiy vakillari iştirok etadi va Qora dengizda tinçlikni saqlaş böyiça harbiy-dengiz rejalaştirişning turli jihatlari muhokama qilinadi», — deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
AQŞ vakillari 23-25 mart kunlari Saudiya Arabistonida Rossiya va Ukriana delegatsiyalari bilan alohida-alohida muzokaralar ötkazgan edi. Muzokaralar yakuni böyiça AQŞ uruşayotgan tomonlar Qora dengizda öt oçişni töxtatişga kelişib olganini ma’lum qilgan.
Ammo Rossiya qişloq xöjaligi mahsulotlari eksportçilaridan sanksiyalar olib taşlansa va «Rosselxozbank» SWIFT tizimiga ulansagina, bunga rozi bölişini bildirgan. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bunga izoh berarkan, RF vakillari «allaqaçon manipulyatsiya qilişni boşlaganini» ma’lum qilgandi. AQŞ prezidenti Donald Tramp öz ma’muriyati Kreml tomonidan ilgari surilayotgan şartlarni örganib çiqayotganini aytgan.












