12 aprel kuni Ömonda Tehron va Vaşington örtasida yadroviy tinçlik muzokaralari boşlandi. Hozirça forslar va amerikaliklar yuzma-yuz körişişmayapti: ular alohida xonalarda ötirib, ömonlik vositaçilar orqali muloqot qilmoqda. Xöş, bu muzokaralardan ikki tomonning maqsadlari qanday? Kun.uz muxbiri mavzu yuzasidan savollar bilan Yaqin Şarq masalalari böyiça ekspert, professor Farhod Karimovga yuzlandi.
Ma’lumot uçun, 2015 yilda Eron, beşta davlat va YeI Eronning yadroviy dasturini çeklaş, buning evaziga sanksiyalarni yeçişga qaratilgan kelişuv imzolagan. Lekin 2018 yilda, Trampning birinçi prezidentlik davrida AQŞ bu şartnomadan çiqqan.
— 2015 yilda tuzilgan tayyor kelişuv bor edi, Trampning özi bu şartnomadan çiqib, oradan 7 yil ötib nega yana Eron bilan kelişmoqçi?
— 2015 yilda birgalikda harakatlaniş rejasi tasdiqlangan edi. Unga köra, Eron yadroviy dasturni oçiqlaşi kerak bölgan. Dastur Xalqaro atom energetikasi agentligi nazorati ostida bölişi kerak edi. Şuningdek AQŞ va Yevropa Ittifoqidan taşqari, Xitoy, Rossiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya kabi davlatlar köp tomonlama kelişuv iştirokçilari edi.
Lekin hokimiyatga Trampning kelişi bu natijalarni yöqqa çiqardi. Donald Tramp Eron bilan boğliq şartnomaga Tehronning strategik raketalari nazorati haqidagi bandni ham qöşiş da’vosi bilan çiqdi. Undan taşqari, Tramp Eronning proksi guruhlari masalasiga oydinlik kiritişni söradi.
Prezident Tramp özidan avvalgi hukumatlarni ayblab, ularning qarorlarini bekor qilişni xuş köradi. Ana şunday qarorlar qatoriga AQŞning Eron yadroviy dasturiga oid şartnomaga qöşilişiga oid qaror ham qöşilib qolgan.
2015 yildagi kelişuvda Eron uçun uranni boyitiş çeklovi 3,67 foizgaça deb belgilangandi. Lekin hozir Xalqaro atom agentligining ma’lumotlariga köra, Eron uranni boyitişni allaqaçon 60 foizga yetkazgan bölişi mumkin. Uran darajasi 90 foizga yetsa, bu qurolga aylanadi.
— AQŞ yadro dasturidan voz keçiş evaziga, Eronga nima taklif qilyapti?
— Muzokaralar böyiça yetarli bayonotlar berilmayotgan bölsa-da, uçta yönaliş aniq. Birinçi yönaliş – Eron neftining jahon bozoriga çiqarilişiga ruxsat beriş. Ikkinçisi – Eronga Yevropa va AQŞdagi muzlatilgan aktivlaridan foydalaniş huquqini qaytariş. Ularning qiymati taxminan 10 milliard dollardan boşlanişi mumkin.
Uçinçi taklif – jahon moliyaviy tizimga qayta ulanişi. Bu uçala masala ham Eronga hozirgi iqtisodiy muammolarini hal qilişda birmunça qöl kelgan bölardi.
Öylaşimça, Amerika tomonidan Eronga şu uçta asosiy yönaliş va taklif berilyapti.
Suhbat davomida Farhod Karimov AQŞ–Eron munosabatlarida Isroil omili, Vaşington va Tehron kelişuvga erişmagan taqdirda ehtimoliy kutilmalar qanday bölişi haqida ham öz fikrlari bilan örtoqlaşdi. Suhbatni töliq şaklda YouTube'dagi rasmiy sahifamizda tomoşa qilişingiz mumkin.
NormuhammadAli Abdurahmonov











