AQŞ Suriya şimoli-şarqidagi sakkizta harbiy bazasidan uçtasini yopmoqda, mamlakatda joylaşgan amerikalik harbiylar soni 2000 dan 1400 gaça qisqartiriladi. Bu haqda 17 aprel, payşanba kuni ikki yuqori martabali amerikalik amaldorga tayanib, The New York Times gazetasi xabar berdi.

Naşrning ta’kidlaşiça, Mission Support Site Green Village, MSS Euphrates va yana bir kiçikroq obekt yopilmoqda. NYT ma’lumotlariga köra, 60 kundan keyin amerikalik qömondonlar kontingentni yanada qisqartiriş yoki kamaytiriş töğrisida qaror qabul qilişlari kerak. Mutaxassislar Suriyada kamida 500 nafar amerikalik askarni qoldirişni tavsiya qilgan, biroq AQŞ prezidenti Donald Tramp mamlakatda amerikalik qöşinlar qolmasligi böyiça «çuqur şubha bildirdi», deb yozadi gazeta. Uning qayd etişiça, Başar Asad rejimining qulaşi Suriyadagi tahdidlar sonini «heç bölmaganda hozirça» kamaytirgan.

The New York Times manbalarining qayd etişiça, AQŞ harbiylarining Suriyadagi iştiroki kamaygan bölsa-da, ular terrorizmga, xususan, IŞIDga qarşi kuraşda mamlakatning şimoli-şarqini nazorat qiluvçi kurdlar boşçiligidagi «Suriya demokratik kuçlari» harbiy ittifoqini qöllab-quvvatlaşni davom ettiriş niyatida. 10 mart kuni «Suriya demokratik kuçlari» Suriyaning yangi hukumati bilan öz fuqarolik va harbiy tuzilmalarini yangi siyosiy tizimga birlaştiriş böyiça kelişuvga erişgani ma’lum böldi.