AQŞ–Eron muzokaralarining navbatdagi raundi Rimda bölib ötdi. Undan oldin Tehronga Saudiya mudofaa vaziri keldi, Eron taşqi işlar vaziri esa Moskvaga bordi – u ertaga Pekinga uçadi. Sönggi vaqtlarda forslarning yadroviy dasturi atrofida nimalar bölmoqda? Kun.uz muxbiri jarayonlarni şarhlaş uçun siyosatşunoslar Şavkat Ikromov va Kamoliddin Rabbimovga yuzlandi.
— AQŞ va Eronning Tramp davridagi birinçi muzokaralari Ömonda bölib ötgandi. Muzokara 19 aprel kuni Rimda, Ömonning Italiyadagi elçixonasida davom etdi. Bu qanday ahamiyatga ega?
Şavkat Ikromov: Bugungi kunda AQŞ-Yevropa bilan Trampga qadar bölgan davrdagidek ittifoqçi emas. Yevropada Trampning olib borayotgan siyosatiga, xususan Eron bilan yadroviy kelişuv böyiça siyosatiga qarşi tomonlar bor, jumladan Germaniya, Fransiya, Britaniya kabi davlatlar. Italiya boş vaziri Jorjiya Meloni Tramp bilan eng yaxşi munosabatlarga ega. Muzokaralarga Italiyaning ham jalb etilişi bilan bölajak bitimda Yevropaning iştirokiga oid maqsad közda tutilgan bölişi mumkin.
Asosiy vositaçi Ömon bölmoqda. Yaqin Şarqda arab davlatlari bilan ham, Eron bilan ham, Qöşma Ştatlar bilan ham birday gaplaşa oladigan va nisbatan Eronga moyilligi bölgan davlat bu – Ömon. 2023 yil Saudiya Arabistoni va Eron örtasida uzoq sovuqçilikdan keyingi aloqalarning qayta tiklanişida ham aslida Ömon va Iroqning hissasi katta, Xitoy esa asosan imzolanadigan hujjatlarga kafolat zarurligi uçun jalb etilgan edi.
Aslida, 1968 yilda Birlaşgan Millatlar Taşkilotida yadro quroliga ega bölmaslik va uni tarqatmaslik töğrisida xalqaro şartnoma imzolangan va unga 1970 yilda Eron ham qöşilgan. Demak, yuridik jihatdan Eron hozirça bu şartnomani imzolagan davlat sifatida yadro quroliga ega bölişi mumkin emas. U öziga şunday majburiyat olgan, inqilobdan keyin ham bu özgarmagan.
2002 yilgaça bölgan davrda ham Eron har doim mazkur şartnomaga sodiqligini e’tirof etib kelgan va hozir ham buni e’tirof etadi. 2002 yildan boşlab Isroil tomonidan olib borilgan razvedka ma’lumotlariga köra, Eron uranni boyitiş böyiça maxsus dasturga ega deb hisoblangan va şundan keyin Tehronga nisbatan xalqaro bosim kuçaygan. Lekin Eron har doim MAGATEga öz eşiklarini oçgan va uranni boyitişni belgilangan me’yordan oşirmayotganini aytib keladi.
2015 yildagi kelişuv böyiça Eron uranni boyitişni 3,67 foizdan oşirmasligi kerak edi, lekin keyinroq AQŞ kelişuvdan çiqib ketdi. MAGATEning 2025 yilgi ma’lumotiga köra, Eron uranni boyitiş darajasini 60 foizga yetkazgan. 90 foizgaça yetkazilganda, bu davlat yadro quroliga ega deb hisoblanadi.
Suhbatni batafsil Kun.uz'ning YouTube sahifasida tomoşa qilişingiz mumkin. Unda siyosatşunoslar Eron taşqi işlar vazirining RF prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşuvi, Saudiya Arabistoni mudofaa vazirining Tehronga safari va mavzuga oid boşqa qator masalalar yuzasidan öz fikrlarini bildirişdi.
NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlaşdi.











