NASA’ning «Lyusi» sayyoralararo stansiyasi Donald Johanson asteroididan qariyb 960 kilometr uzoqlikdan uçib ötdi va Yerga uning suratlarini uzatdi. Bu haqda kosmik agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Asteroid öziga xos şakli bilan ajralib turadi — u ingiçka kaşak bilan boğlangan ikkita obektga öxşaydi. Missiya rahbari Xel Levisonning sözlariga köra, osmon jismining tuzilişi Quyoş tizimidagi sayyoralarning şakllaniş jarayonini yaxşiroq tuşuniş imkonini beradi.
L’LORRI kamerasi yordamida olingan suratlar asteroidning uzunligi 8 kilometrga, maksimal eni esa 3,5 kilometrga yetişini körsatgan. Obektning bir qismi ikkinçisidan kiçikroq, ammo ularning kesmalari öxşaş. Yuza yorqin kulrang regolit va kraterlar bilan qoplangan.
Qayd etilişiça, mazkur asteroid taxminan 150 million yil oldin şakllangan. Tadqiqotçilarning ta’kidlaşiça, u ikki jismning özaro töqnaşuvi natijasida paydo bölgan odatdagi ikkitalik obektlarga öxşamaydi. Donald Johanson’ning geologik tuzilişi ham kutilganidan murakkabroq bölib çiqqan.
Avvalroq NASA’ning «Jyeyms Uebb» teleskopi 2032 yilda Oy bilan töqnaşişi mumkin bölgan 2024 YR4 asteroidini suratga olgandi.












