2024 XA1 asteroidi 2024-yil 4-dekabr tongida Şarqiy Sibir uzra Yer atmosferasiga kirgan. U bundan atigi 10 soat avval aniqlangan bölib, bu asteroidning Yerga kelib tuşişini oldindan aytişga muvaffaq bölingan 11-holat edi.
Tadqiqotga Xitoy Fanlar akademiyasi Yunnan astronomiya observatoriyasi ilmiy xodimi Çjan Silyan va şu muassasa aspiranti Fan Syanyuy rahbarlik qilgan. Natijalar The Astronomical Journal jurnalida eʼlon qilingan.
Kuzatuv uçun sönggi bir soat qolgan edi
Olimlar asteroid atmosferaga kirişidan oldingi sönggi bir soat davomida uni Litszyandagi közgusi diametri 2,4 metr bölgan teleskop yordamida kuzatgan. Ular osmon jismi yorqinligining özgarişini qayd etib, aylaniş davrini hisoblagan.
Natijada 2024 XA1 öz öqi atrofida 1,63 soniyada bir marta aylangani maʼlum bölgan. Avvalgi rekordçi - 2024 BX1 asteroidida bu körsatkiç 2,58 soniyani taşkil etgan.
Bunday tezlikda nega parçalanib ketmagan?
Tadqiqotçilarning tuşuntirişiça, bunday tez aylanişda yuzaga keladigan markazdan qoçma tezlaniş asteroid sirtidagi gravitatsiya tezlanişidan ança katta böladi.
Bu esa 2024 XA1 asosan öz tortişiş kuçi bilan birlaşib turgan böş parçalar töplami emas, balki yaxlit qattiq jism bölganini körsatadi. Uni parçalanişdan materialining içki mustahkamligi saqlab turgan.
Olimlar asteroid yirikroq osmon jismining töqnaşuvi va parçalanişi natijasida hosil bölgan bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Asteroidni aniqlaş va unga tayyorlaniş orasida soatlar qolişi mumkin
Kiçik asteroidlarning ölçami, xiraligi va tez harakatlanişi ularni erta payqaşni qiyinlaştiradi. Şuningdek, ehtimoliy töqnaşuv energiyasini baholaş uçun ham qisqa vaqt içida yetarli maʼlumot töplaş zarur böladi.
Tadqiqotda keltirilişiça, asteroidning atmosferaga kirişi oldindan muvaffaqiyatli başorat qilingan 13 holatning barçasida gap ölçami bir neça metr atrofidagi jismlar haqida borgan. Ularni aniqlaşdan atmosferaga kirişigaça ikki soatdan 21 soatgaça vaqt qolgan.
Tadqiqotçilar yangi yondaşuvlar şunday qisqa muddatda aniqlangan osmon jismlarining fizik xususiyatlarini tezroq örganişga yordam berişini kutmoqda. Bu maʼlumotlar asteroid tahdidini baholaş va erta ogohlantiriş usullarini takomillaştirişda qöllanişi mumkin.

















