Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda davlat xaridlari sohasida oçiqlik va şaffoflikni ta’minlaşga hamda raqobatli savdolarni amalga oşirişga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oşirilmoqda. Savdolarda elektron tender tizimiga ötilişi savdo jarayonlarini onlayn tarzda ötkaziş, xarajatlarni kamaytiriş va korrupsiyaga karşi kuraşiş imkonini bermoqda. «Davlat xaridlari töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonuni qabul qilingani tyender jarayonlarini xalqaro standartlariga moslaştiriş, raqobatning oçiq şakllarini joriy etiş, şuningdek, töğridan töğri şartnomalar tuziş imkoniyatlarini çeklaş, savdoda iştirok etuvçi aloqador va afillangan şaxslarni röyxatga oliş uçun huquqiy asos bölib xizmat qilmoqda. Sohada şaffoflik va oçiqlikni ta’minlaş maqsadida barça tender savdolarining rejalari, natijalari va şartnoma baholari OAVda e’lon qilinmoqda. Bu esa jamoatçilik tomonidan mazkur sohada nazorat va monitoringni amalga oşiriş uçun imkoniyatlar yaratmoqda.

Muhokamalarda deputatlar keyingi yillarda yurtimizda fuqarolarda davlat mablağlarining qanday sarflanayotganiga nisbatan befarqlik hissi yöqolib, davlat xaridlari ustidan jamoatçilik nazorati kuçayib borayotganini e’tirof etdi. Buni davlat organlari, vazirliklar, mahalliy hokimiyatlar yoki davlat uluşiga ega taşkilotlar tomonidan asossiz, qimmat yoki korrupsiya ehtimoli yuqori bölgan xaridlar amalga oşirilganiga oid xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda köplab muhokamalarga sabab bölayotganidan ham köriş mumkin. Xalq vakillarining fikriça, tender savdolarida raqobatning kuçayişi narxlarni 20-30% ga pasaytiriş hamda budjet mablağlarini oqilona sarflaş imkonini beradi.

Xalq vakillari davlat xaridlari tizimini tartibga soluvçi qonunçilik bazasini yanada takomillaştiriş masalalariga ham alohida e’tibor qaratdi. Yangi tahrirdagi «Davlat xaridlari töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonuni va bir qator normativ hujjatlar qabul qilingani hamda Özbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga davlat xaridlari töğrisidagi qonunçilikni buzganlik uçun javobgarlik normalari kiritilgani sohani huquqiy jihatdan tartibga solişda öz natijalarini berayotgani e’tirof etildi.

Şu bilan birga, yiğilişda davlat xaridlariga oid kamçilik va muammolar tanqidiy ruhda muhokama qilindi. Xususan, «Davlat xaridlari töğrisida»gi qonun talablariga zid ravişda moliyaviy mablağlardan samarasiz foydalaniş, tender savdolarida raqobat va xolislikning sustligi hamda korrupsiyaga yöl qöyilayotgan holatlar ham deputatlarning asosli tanqidiga sabab böldi. Davlat buyurtmaçilari tomonidan xaridlarni raqobatli usullarni çetlab ötgan holda, qonun hujjatlarga zid ravişda töğridan töğri şartnomalar tuziş, xaridlarni yuqori narxlarda amalga oşiriş, ularni qismlarga böliş, oçiqlik va şaffoflik prinsipiga rioya etmaslik holatlari böyiça deputatlarning savollariga mas’ul vazirlik va idoralarning javoblari olindi.