Rossiya şaxmat federatsiyasi (RŞF) Rossiyaning erkaklar va ayollar terma jamoalari 15-sentabrda Samarqandda oçiladigan Butunjahon şaxmat olimpiadasida iştirok etmasligini maʼlum qildi. Ularning musobaqada öynaşiga ruxsat bermaslik haqidagi qarorni 23-avgust kuni bölib ötgan yiğilişida «Rossiya masalasi»ni körib çiqqan Xalqaro şaxmat federatsiyasi (FIDE) kengaşi - taşkilotning oliy ijro organi qabul qildi.

Bu Çennay–2022 (Xitoy) va Budapeşt–2024 (Vengriya) olimpiadalaridan keyin Rossiyasiz ötadigan ketma-ket uçinçi turnir.

2025-yil yanvar oyida FIDE kengaşi Rossiya va Belarusning bolalar-ösmirlar va paralimpiya jamoalarini rasmiy musobaqalarga qöyişga ruxsat bergan, öşa yilning iyunida esa Rossiya ayollar terma jamoasining jamoaviy jahon çempionatida iştirok etişini maʼqullagan edi – yakunda terma jamoa bu musobaqada ğolib böldi. Yaʼni, vaziyat sanksiyalarni yumşatiş tomonga ketayotgan edi.

Biroq 2026-yil 10-iyun kuni FIDE Sport arbitraj sudi (CAS) qarorini bajarmagani uçun Rossiya şaxmat federatsiyasining (RŞF) aʼzoligini vaqtinça töxtatib qöydi. CAS qaroriga köra, RŞF Ukrainaning bosib olingan Qrim, Sevastopol, DXR, LXR, Xerson va Zaporojiye viloyatlarida şaxmat faoliyatini boşqarişni hamda tadbirlar ötkazişni töxtatişi kerak edi.

2026-yil 23–24-avgust kunlari FIDE Prezident kengaşi rossiyalik grossmeysterlarni Butunjahon olimpiadasiga qöymaslik haqida qaror qabul qildi, deb xabar berdi RŞF ijroçi direktori Aleksandr Tkaçyov. Uning sözlariga köra, kengaş aʼzolarining aksariyati Rossiya terma jamoasining iştirokiga qarşi çiqqan. Tkaçyov bu taşabbus FIDE prezidenti vazifasini bajaruvçi Vişvanatan Ananddan çiqqanini taʼkidladi.

Avvalroq FIDE prezidenti vakolatlarini bajarişni töxtatgan rossiyalik Arkadiy Dvorkoviç iyul oyida Yevropa Ittifoqi unga qarşi sanksiyalar joriy qilganidan söng özini çetga olgan edi. Hozir prezident vazifasini Vişvanatan Anand bajaryapti.