Eron maxsus xizmatlarining fitnalari amaldagi va sobiq amerikalik mulozimlar uçun tuğdirayotgan xavf «yanada jiddiyroq bosqiçga» yetgan va bu holat moliya vaziri Skott Bessentga ham taalluqlidir. Bu haqda vaziyatdan xabardor bölgan uç manba The New York Times naşriga maʼlum qildi. Ularning sözlariga köra, ayni şu sababli Bessent Vaşingtondagi uyidan harbiy bazaga köçib ötgan.
Vazir avgust oyidan buyon Eronga iqtisodiy bosim ötkaziş, sanksiyalarni kuçaytiriş va savdoni çeklaş orqali uni moliyaviy jihatdan yakkalab qöyiş böyiça kampaniyaga boşçilik qilib kelmoqda. Uşbu faoliyati uni maʼmuriyatdagi Eron eng köp zarar yetkazmoqçi bölgan mulozimlardan biriga aylantirdi, ammo mazkur tahdid qay darajada jiddiy ekani hozirça noaniq qolmoqda, dedi NYT manbalari.
Vaziyat bilan taniş manba Reuters agentligiga Bessentning xavfsizligiga doir xavotirlar The Wall Street Journal naşri uning Jorjtaun universiteti yaqinidagi haşamatli hovlisi aerofotosuratini eʼlon qilganidan söng kuçayganini aytgan. Bessent uşbu hovlini 2025-yil yanvarida moliya vaziri lavozimiga tasdiqlanganidan köp ötmay 12,5 million dollarga sotib olgan edi.
Agentlik manbasi taʼkidlaşiça, uşbu surat Bessent uyining geolokatsiyasini aniqlaş imkonini berardi, şu bois xavfsizlikni taʼminlaş maqsadida u harbiy bazaga köçirilgan. «Ommaviy axborot vositalari davlat amaldorlariga nisbatan tahdidlar kuçayib borayotgan bir şaroitda masʼuliyat bilan harakat qilişi şart», - deb qöşimça qilgan u.
Vaşington Eronga iqtisodiy bosim ötkaziş orqali uning rahbarlarini AQŞ bilan muzokaralarda yon berişga majbur qiliş hamda amerikalik saylovçilar orasida umuman maʼqullanmayotgan harbiy harakatlar qayta boşlanişining oldini olişga umid qilmoqda. Bessent va maʼmuriyatning boşqa vakillari bu kampaniya öz samarasini berayotganini, xususan, iqtisodiy pasayiş, milliy valyutaning qadrsizlanişi va Eronda turmuş darajasining keskin tuşib ketişiga sabab bölganini taʼkidlamoqda.
Biroq AQŞ razvedkasi Eron rahbariyati qanday qilib bölmasin hokimiyatni saqlab qoliş niyatida ekanini bildirmoqda. Şu sababli faqatgina iqtisodiy qiyinçiliklar tufayli rejim özgarişi yoki uning tomonidan jiddiy yon berişlar bölmasligi mumkin, deb xabar qilgan NYT naşriga razvedka maʼlumotlaridan bevosita xabardor bölgan amerikalik ikki rasmiy.













