Londonda Ukraina, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya vakillari iştirokidagi muzokaralar yakunlandi. Bu haqda Ukraina rpezidenti ofisining rahbari Andrey Yermak ma’lum qildi.

Yermakning ta’kidlaşiça, uçraşuv iştirokçilari «AQŞ prezidenti Donald Trampning tinçlik yölidagi sa’y-harakatlariga» sodiqliklarini bildirib, kelgusida muntazam maslahatlaşuvlar ötkazişga kelişib olgan.

Dastlab, Londondagi uçraşuv AQŞ davlat kotibi Marko Rubio iştirokida taşqi işlar vazirlari darajasi ötkazilişi rejalaştirilgan edi. Ammo Rubio kuni keça Londonga taşrifini bekor qildi. Şundan keyin Fransiya va Germaniya TIV rahbarlari ham Londonga bormaydigan böldi va muzokaralarda uşbu mamlakatning nisbatan past lavozimdagi amaldorlari iştirok etdi.

Yuqori darajadagi muzokaralar tomonlarning Tramp taqdim etgan rejadagi asosiy masalasi — Qrim maqomi böyiça taklifiga qöşilmagani fonida bekor qilindi. OAVga köra, AQŞ Rossiyaning yarimorol ustidan suverenitetini tan olişni taklif qilgan. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyev heç qaçon bu işni qimasligini bildirgan.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi jangovar harakatlarni hozirgi front çiziği böylab töxtatişni taklif qilgani töğrisida xabar berilgandi. Manbalarning aytişiça, Putin aprel oyi boşida Sankt-Peterburgda Donald Trampning maxsus elçisi Stiv Uitkoff bilan uçraşuvda Moskva Rossiya tomonidan bosib olingan, ammo hozirda Kiyev nazoratida qolayotgan Ukraina hududlarining ayrim qismlariga da’volardan voz keçişi mumkinligini bildirgan.