«Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga köra:
- Toşkent tibbiyot akademiyasi, Toşkent pediatriya tibbiyot instituti va Toşkent davlat stomatologiya instituti negizida Toşkent davlat tibbiyot universiteti taşkil etiladi;
- Toşkent tibbiyot akademiyasining markaziy ilmiy-tekşiriş laboratoriyasi negizida Tibbiyot ilmiy-innovatsion tadqiqot instituti faoliyati yölga qöyiladi;
- Toşkent tibbiyot akademiyasining Urganç filiali Urganç davlat tibbiyot instituti etib qayta taşkil etiladi;
- Toşkent tibbiyot akademiyasining köp tarmoqli klinikasi, Toşkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi va Toşkent davlat stomatologiya instituti klinikasi Toşkent davlat tibbiyot universiteti klinikalari etib qayta nomlanadi;
- Toşkent tibbiyot akademiyasining Termiz va Çirçiq filiallari Toşkent davlat tibbiyot universitetining Termiz va Çirçiq filiallari etib qayta nomlanadi;
- Toşkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi, Toşkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi va Toşkent davlat stomatologiya instituti akademik litseyi Toşkent davlat tibbiyot universitetining 1-, 2- va 3-son akademik litseylari etib qayta nomlanadi.
Ta’lim dasturlarini xalqaro tibbiy ta’lim standartlariga muvofiqlaştirib, kompetensiyalarga asoslangan tibbiy ta’lim dasturlarini joriy etiş universitetning asosiy vazifalari va faoliyati yönalişlaridan biri etib belgilandi.



