Özbekiston va Qirğiziston «Çaşma» buloğidan birgalikda foydalaniş töğrisidagi bitim loyihasining asosiy şartlari tasdiqlandi.

Qayd etilişiça, 24 aprel kuni Toşkent şahrida Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov va Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi raisining örinbosari — Davlat milliy xavfsizlik qömitasi raisi Qamçibek Toşiyev raisligida özbek-qirğiz davlat çegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş masalalari böyiça ikki mamlakat delegatsiyalarining navbatdagi qöşma yiğilişi bölib ötdi.

Muzokaralar davomida Özbekiston-Qirğiziston davlat çegarasi loyiha çiziğining çegaraning oxirgi tartibga solinmagan uçastkasidan ötişi töğrisidagi bayonnoma hamda ikki mamlakat hukumatlari örtasidagi «Çaşma» buloğidan birgalikda foydalaniş töğrisidagi bitim loyihasining asosiy şartlari tasdiqlandi.

Tomonlar «Çaşma» buloği Özbekiston va Qirğiziston xalqlarining umumiy boyligi ekanini alohida ta’kidladi. Özbekiston fuqarolarining uşbu buloqdan erkin va tösiqsiz foydalanişi, özbek tomoni buloqning uçdan ikki qismidan foydalanişini ta’minlaş hamda manbaning suv resurslari hajmi va sifatiga ta’sir körsatişi mumkin bölgan har qanday xatti-harakatlarni özbek tomoni bilan muvofiqlaştiriş töğrisida kelişuvlarga erişildi.

Şuningdek, tomonlar ikki mamlakat fuqarolarining «Çaşma» buloğidan tölaqonli foydalanişiga tösqinlik qiluvçi har qanday çora-tadbirlarga yöl qöymaslikka kelişib oldi.

Tomonlar qisqa muddat içida «Çaşma» buloğidan birgalikda foydalaniş töğrisida bitim hamda davlat çegarasi uçastkasi töğrisida şartnomani muvofiqlaştiriş va imzolaşga kelişib oldi.

Çaşma buloği kuzda / Foto: Kun.uz

Muzokaralar davomida özbek-qirğiz Davlat çegarasi orqali ayrim ötkaziş punktlarning holati va iş tartibi böyiça umumiy pozitsiyalar ham kelişib olindi. Özbek-qirğiz davlat çegarasi orqali fuqarolarning qatnovi va yuk taşişlarini sezilarli darajada yengillaştirişga yordam berayotgan ötkaziş punktlari böyiça umumiy yondaşuvni işlab çiqiş yuzasidan ötkazilayotgan ikki tomonlama muzokaralarga yuqori baho berildi.

Şuningdek, ikki mamlakat fuqarolari uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş maqsadida 2004 yildagi Özbekiston-Qirğiziston davlat çegarasidagi ötkaziş punktlari töğrisidagi bitimga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi bayonnomani imkon qadar tezroq imzolaş muhimligi qayd etildi.

Tomonlar tez orada ikki mamlakat vakolatli organlari vakillaridan iborat işçi guruhlarining uçraşuvini ötkazişga kelişib oldi. Muzokaralar yakuni böyiça tegişli bayonnoma imzolandi.

Eslatib ötamiz, 2020 yil 31 may kuni Özbekiston va Qirğiziston çegarasida joylaşgan Çaşma buloği oldida ikki mamlakat fuqarolari örtasida ziddiyat kelib çiqqandi. Buloq ariqlarini birgalikda tozalaş vaqtida yuzaga kelgan janjal oqibatida söxliklardan 187 kişi jarohat olgan edi.