Kiyevning Podolsk tuman sudi Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukoviç hamda unga yaqin bölgan şaxslarni 2014 yil fevral oyida Rossiyaga qoçib ketiş işi böyiça 15 yil muddatda ozodlikdan mahrum etiş hukmini çiqardi.

Sud Yanukoviçni odamlarni noqonuniy ravişda Ukraina davlat çegarasidan ötkazişni taşkil qilganlikda va dezertirlikka undaganlikda aybdor deb topgan.

Yanukoviçning sobiq xavfsizlik xizmati boşliği Konstantin Kobzar esa odamlarni noqonuniy ravişda çegaradan ötkazişni taşkil qiliş va dezertirlikda ayblanib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Podolsk tuman sudi körib çiqqan iş sobiq Ukraina prezidenti Yanukoviçning 2014 yil 23 fevral kuni Rossiyaga qoçib ötişi bilan boğliq. Yanukoviç va Kobzar havo yöli orqali Ukraina çegarasini noqonuniy kesib ötganlikda va sobiq prezidentning yaqin atrofidagilar hamda uning xavfsizlik xodimlaridan kamida 20 nafarini çegaradan noqonuniy ötkazişni taşkil qiliş orqali ularni dezertirlikka undaganlikda ayblangan.

11 yildan oşiq vaqtdan beri Rossiyada yaşirinib yurgan Yanukoviç uçun bu — Ukraina sudi tomonidan sirtdan çiqarilgan ikkinçi sud hukmi hisoblanadi. 2019 yil yanvar oyida Yanukoviç davlatga xiyonat va tajovuzkor uruş olib borişga kömaklaşganlik böyiça 13 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.