Bir neça hafta oldin, Çempionlar Ligasi yarimfinal juftliklari ma’lum bölganida, «Inter» va «Barselona» töqnaşuvi treblga da’vogar bölgan ikki öta muvaffaqiyatli jamoalar bahsi sifatida baholangandi. Ammo qisqa vaqt içida, ayniqsa, Italiyada köp narsa özgarib ketdi. «Barselona» birin-ketin raqiblarini yer tişlatib, öz rejimida davom etayotgan bölsa, «Inter» bir hafta içida ham Italiya kubogidan çiqib ketdi, ham A Seriyada uloqni Antonio Konte boşqaruvidagi «Napoli»ga tutqazib qöydi. Boşqa tarafdan, bu omil aksinça, «Inter » uçun qöşimça motivatsiya sifatida foyda ham keltirişi mumkin, zero şunday ajoyib mavsum izsiz ketişini heç kim istamasa kerak.
«Inter»

Simeone Indzagi şogirdlari to bahorgaça Yevropaning eng muvozanatli, xatosiz işlab turadigan tizimiga ega bölgan jamoasi sifatida körilayotgandi. «Real», «PSJ», «Mançester Siti» kabi klublar pley-offga çiqiş uçun kuraşayotgan pallalarda «Inter» jiddiy rotatsiyalar bilan, deyarli ikki xil tarkibda öynab, ham Çempionlar Ligasi umumiy guruh bosqiçida peşqadamlardan biri, ham Italiya çempionatida yaqqol yetakçi sifatida kelayotgandi. Ayni damda esa jamoa barça musobaqalarda qatorasiga 4 öyindan iborat ğalabasiz seriya qayd etmoqda.
«Bavariya» bilan durang dastlabki öyindagi ğalaba tufayli qoniqarli baholansa-da, içki arenada «Bolonya», «Milan» va «Roma»ga qarşi uçraşuvlardagi mağlubiyatlar Indzagi uçun deyarli ikki sovrin bahosiga teng bölib çiqişi mumkin. Yomon tomoni, bu öyinlarda «Inter» birorta ham gol urolmadi – bungaça butun mavsum davomidagi 49 uçraşuvda milanliklar şunça öyinni golsiz ötkazgandi.
Italiyada mutaxassislar «Inter»dagi bu pasayişni futbolçilardagi jismoniy körsatkiçlar pasayişi bilan boğlamoqda va buning sabablarini axtarişga kirişgan. Albatta, bu gaplarda jon bor, lekin yana bir faktga ham köz yummaslik kerak – «Inter» sönggi bir oyda ikki muhim futbolçisiz öynaşiga töğri keldi – Denzel Dumfris va Markus Tyuram.
Niderlandiyalik qanot futbolçisi «Inter»da asosiy figuralardan biri hisoblanadi. Uning hujumdagi faolligi jamoa öyiniga rang-baranglik olib kiriş bilan birga, raqibni aynan şu qanotga jiddiy e’tibor qaratişga majbur qiladi, ya’ni raqib Dumfrisga böşliq qoldirmaslik uçun ham köpçilik bölib oldinga çiqişdan tiyiladi. U joriy mavsumda 8 gol urdi – himoya çiziği vakillari içida Yevropada eng yaxşi körsatkiç. Markus Tyuram esa Indzagi ham tan olganidek, hujum çiziğida Lautaroga eng mos tandem hisoblanadi. Kerak bölganda ham hujumçiga aylanadigan, şu bilan birga almaşib, Lautaroning ham vazifasini bajara oladigan Tyuramning örnini na Korrea, na Arnautoviç bosa oladi.
«Inter» muxlislari uçun yaxşi xabar – har ikki futbolçi ham, şuningdek, markazda katta hajmdagi işni bajara oladigan Petr Zelenski ham töliq tiklangani aytilmoqda. Dumfris va Zelenski «Roma»ga qarşi öyinning ikkinçi bölimida köriniş berişdi, Tyuramning holati söroq ostida bölsa-da, u ham uçraşuv qaydnomasiga kiritilişi va hatto ilk daqiqalardan maydonga tuşişi mumkinligi aytilmoqda. Şuningdek, diskvalifikatsiya tufayli «Roma»ga qarşi öyinni Bastoni va Mxitaryan ötkazib yuborişgandi. Ular ham Barselonadagi bahsda jismoniy tomondan yetukroq böladi. Agar hozirça qoğozda körinayotgan bu özgarişlar maydonga köçsa, biz sönggi kunlardagi emas, avvalgi «Inter»ni körişimiz mumkin. U holda mezbonlarga oson bölmaydi.
«Barselona»

«Inter»ga simmetrik ravişda, «Barselona» hozir otning ustida, har bir öyinda yuqorida darajadagi öyin namoyiş etmoqda va muammo sifatida ham «Inter»ning tersini aytişimiz mumkin – jarohatlar va jismoniy holat pand berişi mumkin.
Birinçidan, «Barselona» şanba oqşomida «Real»ga qarşi finalda maydonga tuşdi. Öyin emotsiya va kuraşga naqadar boy bölganini, 120 daqiqa davom etganini köpçilik kördi. Tabiiyki, bunday öyinlar futbolçilardan qöşimça kuç talab qiladi va tiklaniş doimgidek bölmasligi mumkin. Qatorasiga öta muhim öyinlarda maydonga tuşiş, unga tayyorlaniş murabbiylar ştabi uçun katta boşoğriqdir.
Ikkinçidan, Robert Levandovski va Balde YeÇLda ham şeriklariga yordam bera olmaydi. Ayniqsa, polşalik hujumçining örni bilinişi tabiiy. U «Barselona» tarkibida maydonga tuşayotganlar içida Çempionlar Ligasini yutgan yagona futbolçi sanaladi (zaxiradagi ter Stegen va Kristiansen qöşilmaganda).
Tabiiyki, uning tajribasi, turli ssenariy va uslublarda ham foydali böla olişi bu maqomdagi öyinlarda eng muhim faktorga aylanişi kerak edi. Ferran Torres sönggi paytlarda ança sermahsul va foydali harakat qilayotgan bölsa-da, Levandovskining har qanday öyinda ma’lum darajadan pastga tuşmasligini yaxşi bilamiz. Ferran esa baribir jamoa öyiniga köproq boğliq. Baldega kelsak, uning maşğulotlarga qaytgani haqida ma’lumotlar bor, ammo töliq öyinga qay darajada tayyor ekani noma’lum.
Agar «Barselona» özi uçun noqulay ssenariyni çetlab öta olsa, ya’ni barçasi sönggi daqiqalarda jismoniy holatga yoki Levandovskining tajribasiga muhtoj bölib qolişga olib kelmasa, öyin borasida raqibidan bir boş baland. Flik şogirdlari vaziyatlarni juda osonlik bilan yaratmoqda, oson gol uryapti, yuqori pressing va taşabbuskorlik raqiblar kim bölişidan qat’i nazar namoyon bölmoqda.
Şubhasiz, ispanlar bu juftlikda favorit, lekin bu darajadagi öyinda har bir kiçik detal kattalaşib, hal qiluvçi maqomga çiqib qolişi, kutilmagan futbolçilarning yulduz misol porlab, qahramonlar aksinça, unutilmas xatolarga yöl qöyişini tarix ham köp isbotlab bergan.
Özaro öyinlar tarixi
«Barselona» va «Inter»ning Yevropadagi özaro öyinlari haqida gap ketganda, şubhasiz, 2010 yilgi yarimfinallar yodga keladi. Sababi, birinçidan, ungaça va keyin ham bu jamoalar öşa darajadagi yuqori maqomdagi bahsda töqnaş kelmagan bölsa, ikkinçidan, «Barselona» 2010 yilda eng pikka çiqqan, balki futbol tarixidagi eng yaxşi jamoalardan biri edi. Joze Mourinio boşçiligidagi milanlik «banda» katta jasorat körsatib, yakunda Messi va şeriklarini final ostonasida qoldirib ketişi katta voqea edi. Milandagi uçraşuvda mezbonlar 3:1 hisobida ğalaba qozongan bölsa, javob öyinida 28-daqiqadan boşlab bir futbolçi kam bölib qolgan «Inter» özi uçun kerakli hisobni himoya qila olgan (öyin 1:0 hisobida «Barselona» foydasiga hal bölgandi). Qiziği, öşa mavsumda jamoalar guruh bosqiçida ham töqnaşgan va u yerda «Barselona» ustunlik qilgandi.
Uşbu jamoalar Çempionlar Ligasida jami 12 marta töqnaş kelişgan. 6 marta «Barselona» va 2 marta «Inter» ğalaba qozongan bölsa, 4 uçraşuv durang natija bilan tugagan. Töplar nisbati 17-10.
19.02.2003. 1/8 final. Barselona – Inter 3:0
19.02.2003. 1/8 final. Inter – Barselona 0:0
16.09.2009. Guruh bosqiçi. Inter – Barselona 0:0
25.11.2009. Guruh bosqiçi. Barselona – Inter 2:0
20.04.2010. 1/2 final. Inter – Barselona 3:1
28.04.2010. 1/2 final. Barselona – Inter 1:0
24.10.2018. Guruh bosqiçi. Barselona – Inter 2:0
06.11.2018. Guruh bosqiçi. Inter – Barselona 1:1
02.10.2019. Guruh bosqiçi. Barselona – Inter 2:1
10.12.2019. Guruh bosqiçi. Inter – Barselona 1:2
04.10.2022. Guruh bosqiçi. Inter – Barselona 1:0
12.10.2022. Guruh bosqiçi. Barselona – Inter 3:3
Şu örinda Italiya jamoalariga qarşi ham «Barselona»da yaqqol ustunlikni köramiz. Kataloniyaliklar 75 öyinda 35 marta ğalaba qozonib, 23 öyin durang bilan yakunlangan. 17 uçraşuvda Italiya vakilining qöli baland kelgan.
Taxminiy tarkiblar
«Barselona» (4-2-3-1): Şçesni – Martin, Kubarsi, Martines, Kunde – de Yong, Pedri – Yamal, Olmo, Rafinya – Torres;
«Inter» (3-5-)2: Zommer – Bastoni, Açerbi, Darmiyan – Dimarko, Barella, Mxitaryan, Çalxonöğli, Dumfris –Tyuram, Martines.
Yarimfinalgaça yöl
«Barselona» – 12 öyin, 9 ğalaba, 1 durang, 2 mağlubiyat. Töplar nisbati: 37-17
Monako – Barselona 2:1, Barselona – Yang Boyz 5:0, Barselona – Bavariya 4:1, Tsrvena Zvezda – Barselona 2:5, Barselona – Brest 3:0, Borussiya D – Barselona 2:3, Benfika – Barselona 4:5, Barselona – Atalanta 2:2, Benfika – Barselona 0:1, Barselona – Benfika 3:1, Barselona – Borussiya D 4:0, Borussiya D – 3:1.
«Inter» – 12 öyin, 9 ğalaba, 2 durang, 1 mağlubiyat. Töplar nisbati: 19-5
Mançester Siti – Inter 0:0, Inter – Tsrvena Zvezda 4:0, Yang Boyz – Inter 0:1, Inter – Arsenal 1:0, Inter – Leypsig 1:0, Bayyer – Inter 1:0, Sparta – Inter 0:1, Inter – Monako 3:0, Feyyenord – Inter 0:2, Inter – Feyyenord 2:1, Bavariya – Inter 1:2, Inter – Bavariya 2:2.
Hakam
Uçraşuvni Klemen Tyurpen boşçiligidagi fransiyalik hakamlar brigadasi boşqarib boradi. Tyurpen faoliyati davomida YeÇL doirasida 54 öyinni boşqargan. Uşbu mavsumda 6 marta, jumladan, pley-offda «Real»ning «Mançester Siti» (3:2) va «Atletiko»ga (2:1) qarşi öyinlarini boşqargan.
42 yoşli hakam 2022 yil «Liverpul» va «Real» örtasida ötgan YeÇL finali, şuningdek, 2020 yil «MYu» va «Vilyarreal» örtasidagi Yevropa Ligasi finalida işlagan.
Tyurpen şu paytgaça «Barselona»ning uç uçraşuvini boşqargan. Eng yodda qolarlisi, 2018 yilgi çorakfinalda Rimda mezbonlar «Barselona» ustidan 3:0 hisobida ğalaba qozonib, kambek amalga oşirgan öyindir. Uşbu uçraşuvda Tyurpen «Barselona» darvozasiga penalti belgilagan. Narigi ikki öyinda «Barselona» «Dinamo» Kiyev va «Borussiya» Dortmund klublari ustidan ğalaba qozongan.
Tyurpen boşqargan «Inter»ning öyinlari soni esa 4 ta. Kök-qoralar «Tottenhem» va «Milan»ga qarşi uçraşuvlarda ğalaba qozongan bölsa, «Bavariya» va «Real»ga mağlub bölgan.











