Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahri Çilonzor tumanidagi maktablardan birining öqituvçisi öquvçilariga «Katyuşa» va «Smuglyanka» qöşiqlarini kuylatmoqçi bölgani uçun işdan böşatilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligining Toşkent şahar boşqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, boşlanğiç sinf öqituvçisi 8 may kuni özi rahbarlik qilayotgan 4-«g» sinf öquvçilari bilan maktab ma’muriyatini ogohlantirmasdan dars jadvalida birinçi soatda körsatilgan matematika fani darsini ötmasdan, «Xotira va qadrlaş kuni»ni nişonlaşga uringan.

Bundan xabar topgan maktab ma’muriyati öqituvçini dars mahalida bunday tadbir ötkazişi mumkin emasligi haqida yana bir bor ogohlantirgan. Bu kabi tadbirlar darsdan keyin ötkazilişi zarurligi, agar özboşimçalik qiladigan bölsa, öqituvçi işdan böşaş uçun ariza yozişi lozimligini bildirgan.

Munosabatda öqituvçi öquvçilarga «Katyuşa» va «Smuglyanka» qöşiqlarini yodlatgani tasdiqlanmagan, rad ham etilmagan.

Şuningdek, mazkur holat Çilonzordagi maktablardan birida bölgani tasdiqlangan, ammo rasmiylar muassasa raqamini keltirmagan.

Kun.uz manbasiga köra, bu holat 188-maktabda röy bergan.

Voqea qahramoni Venera Basalyamova bölib, u Rossiyadagi «Ostorojno, novosti» telegram-kanaliga öquvçilardan biri Ğalaba kuni tadbiriga sovet askari libosida kelgani uçun işdan böşatilganini aytib, murojaat qilgan. U oliy toifali öqituvçi ekani va 37 yillik iş tajribasiga egaligini iddao qilib, göyoki öquvçilar bayramga qanday tayyorgarlik körganidan va konsert dasturidan xabari bölmaganini bildirgan. U bolalarga faqat uyda Özbekistonning faşizm ustidan ğalabaga qöşgan hissasi töğrisidagi filmlarni körişni vazifa qilib berganini aytgan.

Uning aytişiça, bolalarning askari 8 may kungi tadbirga Özbekiston armiyasi harbiy liboslarini prokatga olişgan, faqat bir öquvçi maktabga sovet askari libosida kelgan.