Qohiradagi politsiya bölimlarida Misrda bölib turiş qoidalarini buzgan özbekistonliklar hibsda saqlanayotgani aniqlandi. Bu haqda Özbekistonning Misrdagi elçixonasi xabar berdi.
Sönggi vaqtlarda Misrda bölib turgan köplab xorijliklar, jumladan, ta’lim oliş maqsadida kelganlarga nisbatan mahalliy huquqni himoya qiliş organlari tomonidan ularning mamlakatda qonuniy yaşaşlari yuzasidan faol tekşiruv tadbirlari amalga oşirilayotgani kuzatilmoqda.
Qayd etilişiça, elçixona vakillari tomonidan Qohira şahri Nasr şaharçasida joylaşgan mas’ul politsiya bölimlariga qöşimça taşriflar va muloqotlar amalga oşirilgan. 13 may holatiga köra, köplab xorijliklar qatorida 5 nafar özbekistonlik mamlakatda böliş qoidalarini buzgani sababli uşlab turilgani aniqlandi.
Şu bilan birga, 1 nafar Özbekiston fuqarosining Misr hududida qonuniy asosda bölib turganini tasdiqlovçi aniq hujjatlari taqdim etilganidan söng vaqtinça saqlaş markazidan çiqarişga erişilgan. Qolgan fuqarolarning holati yuzasidan mahalliy qonunçilik doirasida örnatilgan tartibda huquqiy baho berilişi va qaror qabul qilinişi ta’kidlanmoqda.
Elçixona tomonidan tegişli tezkor huquqiy yordamni amalga oşirişni ta’minlaş maqsadida bu kabi tekşiruv tadbirlari davomida uşlangan fuqarolar yuzasidan elçixonaga keçiktirmasdan ma’lum qiliş tavsiya etiladi (boğlaniş ma’lumotlari: +20233364516, +20233361723 va Telegram: @shtabegypt).
Şuningdek, Özbekiston elçixonasi vatandoşlardan Misrda böliş qoidalariga qat’iy amal qilişlari lozimligini ta’kidladi, ulardan mamlakatda böliş va harakatlaniş davomida şaxsni tasdiqlovçi hujjatlar, yaşaş uçun ruxsatnoma (iqoma) yoki talabalik kartalarini (universitet, institut va h.k.) doim özi bilan birga olib yurişlarini söradi.












