Janubiy Karolinada 52 yoşli Erik Sleyt ismli erkakning ölimi yuzasidan tergov olib borilmoqda. Taxminlarga köra, u bolalar hayvonot boğida kenguru bilan muştlaşgaç halok bölgan, deb yozmoqda The Guardian.
Qayd etilişiça, erkak ötgan juma kuni mahalliy vaqt bilan yarim tunda vafot etgan. Sleytning ölimi sababini aniqlaş bilan şuğullanayotgan Tamara Uillardning ta’kidlaşiça, erkakning ölimiga kuç işlatiş oqibatida olingan köplab jarohatlar sabab bölgan. Fojiaga aloqador jonzot tirik ekani aytilmoqda. Hayvonot boğida tekşiruvlar ötkaziş rejalaştirilgan.
Erik Sleyt — hayvonot boğining egasi hisoblanuvçi Robert Sleytning akasi bölib, u kenguru va vallabilar voleriga kirişni yaxşi körgan. Şu bilan birga, u Jyek laqabli kenguruga qöpol hazillar qilib turgan.
12 may kuni Robert Sleyt Facebookʼdagi sahifasiga akasi tasvirlangan suratlarni joylaştirib, «Sen doim xotiramizdasan, ovozingni unutmaymiz. Jyek dösting bilan hammasi yaxşi böladi», deb yozib qoldirgan.
Hayvonot boğidagilarning ma’lum qilişiça, kenguru işonçli volerda saqlanadi va Jyek uni tark etmagan.












