2019 yilning 25 martida O‘zbekistonda ikkinchi marotaba maktab o‘quvchilari uchun «Cheksiz Kenguru» matematik tanlov-o‘yini o‘tkaziladi.

«Kenguru» tanlovi oddiy matematik olimpiadalardan juda farq qiladi. Avstraliyalik matematik Piter Xollora uni 20 asrning 80-yillari boshlarida, eng oddiy maktab o‘quvchilariga matemetika qanchalik quvnoq va qiziqarli bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatish maqsadida yaratgan. Shu sababli tanlov dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlarida maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilarning qalbini zabt etgan.

Tanlovda ishtirok etish uchun matematikani mukammal bilish lozim emas. 2-11 sinfdagi har bir o‘quvchi tanlov ishtirokchisiga aylanishi mumkin. «Kenguru» tanlovi har bir ishtirokchiga kuch va bilimlarini sinab ko‘rish imkoniyatini beradi. Unda g‘oliblar va mag‘lublar yo‘q, aksincha bu yerda tanlovsevar, sarguzashtlarni intiqlik bilan kutadigan, noaniqlik va yangiliklarga tik qaraydigan va albatta umumjahon «Kenguru» birlashmasi muxlislari qatoriga qo‘shilishga tayyor yosh bilim egalari to‘planadilar.

Tanlov topshiriqlariga kelsak, ular har bir o‘quvchi, hatto matematikani yoqtirmaydigan, hatto undan qo‘rqadigan kishi ham o‘zi uchun qiziqarli va qulay bo‘lgan savollarni topa olishiga mo‘ljallab tuzilgan. Ularni yechish uchun barcha formulalarni yoddan bilishdan ko‘ra, tasavvurga ega bo‘lish va fikrlay ola bilish qobiliyati muhimroq. Mazkur tanlovning asosiy maqsadi bolalarning matematikaga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish, ularning o‘z qobiliyatlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashdir. Tanlov shiori – «Matematika hamma uchun!».

 

Ko‘pchilik tanlovga qanday tayyorlanish mumkinligi haqida so‘raydi. Biz telegram kanalimizga yoki instagram va feysbuk ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarimizga qo‘shilishni, biz bilan birgalikda har kuni oldingi yillarning noan'anaviy va qiziqarli masalalarini yechishni tavsiya qilamiz.

Albatta, barchani tanlov qayerda va qanday o‘tishi qiziqtiradi. Bu yil, qatnashchilarga qulaylik yaratish maqsadida, har bir o‘quvchi tanlov masalalarini o‘zi o‘qib turgan joyda yechadi.